Hindistonning Indaur shahrida buqa va sigirning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Angliyaning Mirror nashri xabariga ko‘ra, to‘y marosimiga tayyorgarlik ikki oy davom etgan va buning uchun 10 ming funt sterling (deyarli 17 ming AQSh dollari) sarflangan.
Ganga laqabli sigirni buqa Prakashga erga berish qarori Indaur aholisi tomonidan, shaharga qo‘shni bir qator qishloqlar kuchli yomg‘ir va do‘llardan jabr ko‘rganidan so‘ng qabul qilingan.
Indaur ham hosilsiz qolib ketmasligi uchun aholi eng ko‘p qadrlanadigan jonivorlarni chiroyli to‘y marosimi bilan birlashtirish orqali, tabiat iltifotiga erishishga qaror qilgan.
Odamlarning to‘ylarida bo‘lgani kabi, sigirlar to‘yi ham o‘rtada yig‘ilgan pul orqali moliyalashtirilgan: fermerlarning har biri 80 dollardan pul bergan.
To‘y marosimiga uzoq tayyorgarlik ko‘rilgan, jonivorlar uchun to‘y liboslari tayyorlangan; «kelin»da qimmatbaho taqinchoqlar bo‘lgan.
Marosimda bir necha ming kishi, xususan, qo‘shni qishloqlar aholisi ham qatnashgan. Barcha rasmiyatchiliklar o‘tib bo‘lganidan so‘ng, bayram raqslar bilan yakuniga etgan.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”