07:18 / 01.12.2017
5 190

Saudiya Arabistoni o‘zining ilk animatsion serialini namoyish etadi (video)

Saudiya Arabistoni o‘zining ilk animatsion serialini namoyish etadi (video)
Saudiya Arabistonining Manga Production animatsion kompaniyasi Saudiya folklori asosida yaratilgan «O‘tinchining xazinasi» deb nomlangan ilk animatsion serialning tizerini taqdim etdi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyaning Toei animatsion kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan yangi serial har biri 20 daqiqa davom etadigan 13 qismdan iborat bo‘ladi.

Mualliflarning aytishicha, o‘zida ilmiy fantastika va sarguzasht elementlarini mujassamlashtirgan serial barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan.

Kompaniya 90 daqiqa davom etuvchi to‘liq metrajli multfilm ishlashini ham ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni o‘zining ilk animatsion serialini namoyish etadi (video)