«Rosgidromet» rahbari Maksim Yakovenko «Kommersant» gazetasiga bergan intervyusida ob-havo ma’lumotlarini aniqlashda rus kompyuterlari xorij meteo xizmatlari kompyuterlaridan bir necha karra sust ishlashini bildirdi.
«Ob-havo qanday bo‘lishini aniq aytib berishda, birinchi omil, avvalo sizning kuzatuv bazangiz bo‘lib, ma’lumotlarni qay tariqa yig‘ishingiz muhim rol o‘ynaydi. Ikkinchi omil aynan kompyuterlar — siz bu ma’lumotlarni qanchalik tez hisoblashingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi», — deydi Yakovenko.
Ayni paytda rossiyaliklar 0,3 petaflopslik kompyuter tizimini 1,3 petaflopslisiga almashtirish arafasidalar. Shu ham ularning xorijdagi hamkasblariga yetib olishlari uchun kifoya qilmaydi. Masalan, eng zo‘r superkompyuter britaniyalik meteorologolar xizmatida — 16 petaflops. Shveysariya va Fransiyada 6 petaflopslik, AQSh va Xitoyda 4 petaflopslik kompyuter tizimlari ishlatilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”