08:31 / 16.06.2018
5 188

Tovuslar Kanada shaharlarini «vayron qilmoqda» (foto, video)

Tovuslar Kanada shaharlarini «vayron qilmoqda» (foto, video)
Kanadaning Surrey shahrida joylashgan Sallivan-Xayts hududi bundan 10 yil oldin o‘rmon o‘rnida bunyod etilgan. Bu yerga o‘rganib qolgan tovuslar odamlar bilan qo‘shni bo‘lib yashashni ma’qul ko‘rgan holda eski o‘rmon hududini tark etmagan, deb xabar beradi Daryo nashri.

Mazkur hududda tabiiy dushmanlarning yo‘qolib ketganligi va oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘paygani qushlar populyatsiyasini oshirib yuborgan va endilikda bu yerda tovuslar kattagina muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Mart oyidan oktyabrga qadar davom etadigan urchish vaqtida qushlar shaharliklarga bir necha ming dollarlik jiddiy zararlarni yetkazmoqda: erkak tovuslar qora avtomobillardagi o‘z aksini raqib deb o‘ylab, unga otilmoqda va bu orqali mashinalarni tirnab tashlamoqda.

Foto: National Geographic
Bu kabi holatlar soatlab davom etishi va qushning har bir harakati sayin avtomobilga ko‘proq zarar yetishi mumkin.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tovuslar Kanada shaharlarini «vayron qilmoqda» (foto, video)