Turkiya Oliy saylov kengashi mamlakatda 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik va parlamentlik saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qildi, deb yozadi “Daryo”.
Prezidentlik saylovlarida 52,59 foiz natija bilan Toyyib Erdo‘g‘on g‘olib bo‘ldi.
Saylov natijalariga ko‘ra, Erdo‘g‘onning asosiy raqibi Inje 30,64 foiz, Demirtash — 8,40 foiz, Akshener — 7,29 foiz, Karamollao‘g‘li — 0,89 foiz, Perinchek — 0,20 foiz ovoz to‘plagan.
Parlament saylovlarida 42,56 foiz ovoz to‘plagan Adolat va taraqqiyot partiyasi g‘olib chiqib, parlamentdagi 600 o‘rindan 295 tasini egalladi. Milliy harakat partiyasi 11,10 foiz ovoz to‘plab, 49 o‘rinni egalladi.
Xalq-respublika partiyasi 22,65 foiz ovoz bilan parlamentda 146 o‘rin, “Yaxshi partiya” — 9,96 foiz va 43 o‘rin, “Saodat” partiyasi — 1,34 foiz, ularni birlashtiruvchi Milliy alyans — 33,70 foiz va 189 o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi