19:38 / 20.07.2018
4 237

Brauder Trampga iltimos bilan chiqdi: «Putin meni aniq o‘ldiradi»

Brauder Trampga iltimos bilan chiqdi: «Putin meni aniq o‘ldiradi»
Rossiya Bosh prokuraturasi tomonidan AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klintonga pul o‘tkazib berishda ayblangan, Hermitage Capital fondi rahbari Uilyam Brauderning ma’lum qilishicha, uni Rossiya tomoniga topshirishlari hayoti uchun tahdid uyg‘otishi mumkin. U bu haqda CNN efirida ma’lum qilgan.

Brauder umid bildirishicha, AQSh huquqni muhofaza qilish idoralari u bilan bog‘liq vaziyatda AQSh va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi bitimga rioya etmaydi.

«Meni Putinga topshirish faqatgina bitta narsani anglatadi. Bu meni o‘limga atayin yuborishni bildiradi», - deya ma’lum qilgan Brauder.

Avvalroq, Brauder Oq uyning Rossiya taklifiga reaksiyasidan «shokka tushgani» haqida xabar berilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyatining uni va amerikalik boshqa fuqarolarni Rossiya josuslariga almashtirish bo‘yicha «ehtimoliy» variant «kulgili» sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Brauder Trampga iltimos bilan chiqdi: «Putin meni aniq o‘ldiradi»