Britaniyaning BBC telekanali jurnalistlari halok bo‘layotgan pingvinlarni qutqarish yo‘lida hujjatli filmni tasvirga olish jarayonini to‘xtatishga qaror qildi, deb yozadi «Daryo».
«Sulolalar» filmi muallifi Devid Attenboro jamoasi bilan Antarktidada qahraton qishda jon saqlashga urinayotgan imperator pingvinlari guruhi ustidan kuzatuv olib borayotgan edi. Suratga olish jarayonida bo‘ron galaning bir qismini tik devorli jarlikka haydadi, u yerdan tepaga chiqib olish qiyin edi. Ba’zi ona pingvinlar jarlikdan chiqib oldi, ammo polaponlar pastda qolib ketdi.
Suratga olish guruhi bir necha kun davomida pingvinchalarning o‘zini tutishini kuzatdi. Oxir-oqibat qushlar o‘zlari tushib qolgan qopqonda nobud bo‘la boshlagach, ular jurnalistlik prinsiplaridan og‘ishib, hodisalarning tabiiy rivojlanishiga aralashishga qaror qildi.
«Biz bu haqda ko‘p o‘yladik va pandus (nishab yo‘lka) qazib qo‘yishga qaror qildik», — dedi jamoa a’zolaridan biri.
Pirovardida polaponlar jarlikdan chiqib oldi. BBC tomoshabinlari ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistlarni maqtovlar bilan siyladi. Ularning fikricha, jamoa qarori ozuqa zanjirini o‘zgartirmagan, ammo pingvinlarga omon qolish uchun imkon bergan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boringI can’t watch ????#Dynasties pic.twitter.com/xoo7jDJbcl
— BBC Earth (@BBCEarth) November 18, 2018
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi