AQSH vakillar palatasining ikkita qoʻmitasi huquqshunoslari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvlarida ishtirok etgan tarjimonlarni koʻrsatmalar berish uchun chaqirtirish imkonini muhokama qilishmoqda. Bu haqda oʻz manbalariga iqtibos keltirgan holda ABC News telekanali maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, razvedka va tashqi ishlar qoʻmitalari huquqshunoslari 14 yanvarda uchrashadilar.
Washington Post nashrining maʼlum qilishicha, Tramp oʻz maʼmuriyatidan Putin bilan suhbatlari tafsilotlarini yashirgan. Buning natijasida hattoki maxfiylashtirilgan fayllarda ham Trampning Putin bilan oxirgi ikki yil ichida 5 ta joydagi suhbatining birorta batafsil yozuvi qayd qilinmagan.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, gap jumladan Trampning Putin bilan 2017 yil Gamburgdagi uchrashuvi haqida ketmoqda. Bu uchrashuvdan keyin Tramp tarjimoni qayd qilgan yozuvlarni oʻzi bilan birga olib, undan maʼmuriyat aʼzolari tomonidan suhbat vaqtida aytilganlarni muhokama qilmaslikni talab qilgan. Taʼkidlanishicha, bu holat “bir qator savollarni tugʻdirgan”. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi