00:30 / 21.01.2019
4 167

Tramp “eski qadrdon global issiqlik”ni qo‘msab qoldi

Tramp “eski qadrdon global issiqlik”ni qo‘msab qoldi
AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni kuchli qor yog‘ishi tufayli o‘z uylarini imkoni boricha tark etmaslikka chaqirdi. U bu haqda Twitter`da aytib o‘tdi.

“Ehtiyot bo‘ling va uyingizdan chiqmaslikka harakat qiling. Mamlakatning katta qismi favqulodda ko‘p miqdordagi qordan va deyarli rekord darajadagi sovuqdan aziyat chekmoqda”, deb yozgan Tramp va “biroz eski qadrdon global issiqlikni his qilish yomon bo‘lmas edi” deb qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq AQSh milliy meteorologik xizmati Missuri va Men shtatlari o‘rtasidagi hududda joylashgan 15 ta shtatda qor yog‘ishdan ogohlantirishni e’lon qilgan. Ba’zi tumanlarda 25 smgacha qor yog‘gan.

Tramp shunga o‘xshash bayonotni 2017 yil oxirida mamlakatning sharqiy sohilbo‘yidagi anomal sovuqqa izohida aytib aytgan. Trampning ta’kidlashicha, AQSh mamlakatda kurashish uchun trillionlab dollar sarflanmoqchi bo‘layotgan global issiqlikdan naf olishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp “eski qadrdon global issiqlik”ni qo‘msab qoldi