11:43 / 29.01.2019
4 167

Venesuela muxolifati yetakchisi Guaydo Tramp bilan gaplashganini aytdi

Venesuela muxolifati yetakchisi Guaydo Tramp bilan gaplashganini aytdi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Amerika prezidenti Donald Tramp bilan suhbatlashgani haqida xabar berdi. Bu haqda CNN maʼlumot tarqatgan.

Uning soʻzlariga koʻra, u nafaqat AQSH yetakchisi, balki mintaqa va dunyodagi boshqa davlatlar rahbarlari bilan ham soʻzlashgan. Guaydoning qayd etishicha, mamlakatda amaldagi tartiblar mavjudligini taʼminlab beradigan “yolgʻon muloqotga” bormoqchi emas.

Aniqlik kiritilishicha, Guaydo Tramp bilan “harbiy variant”ni muhokama qilish toʻgʻrisidagi savolga uning uchun favqulodda gumanitar vaziyatda boʻlgan mamlakat fuqarolari birinchi darajadagi ahamiyatga ega ekani haqida javob qaytargan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Amerika prezidentining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton Maduroga yangi choralar bilan tahdid qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuela muxolifati yetakchisi Guaydo Tramp bilan gaplashganini aytdi