Fincha tajriba natijasi: 2 yil davomida ishsizlarga 560 yevrodan tarqatildi...

  • 10 fevral 2019, 23:53
  • 1 288
  • Dunyo
  • Fincha tajriba natijasi: 2 yil davomida ishsizlarga 560 yevrodan tarqatildi...
    Finlyandiya ijtimoiy sug‘urtalash agentligi (Kela) keyingi yillardagi eng g‘aroyib iqtisodiy tajribalardan birining dastlabki natijalarini e’lon qildi. Ikki yil davomida fin hukumati 2 ming kishidan iborat ishsizlar guruhining har bir vakiliga oyiga 560 yevrodan to‘lab keldi. Bunday tajribadan maqsad – kafolatlangan mablag‘ ishga joylashishda qanchalik yordam berishini aniqlashdan iborat edi. «Meduza» tajriba qanday amalga oshgani va birinchi yil natijalari qanday bo‘lganini keltiradi.

    Bu qanday tajriba?
    Finlyandiyada (nafaqat Finlyandiyada) bir necha yildan buyon shartsiz tayanch daromadi tizimi joriy etishni muhokama qilishmoqda. Odatda davlatlar o‘z fuqarolariga turli subsidiyalar to‘laydi (masalan, ishsizlik nafaqasi) – lekin bu jarayonda qo‘shimcha byudjet xarajatlarini talab etuvchi ko‘plab byurokratik holatlar mavjud bo‘lib, bu odamlarning vaqtini va asablarini ham o‘g‘irlaydi. Gipotezaga ko‘ra, agar odamlarga har oyda daromad va hayot darajasidan qat’i nazar muayyan miqdorda haq to‘lanadigan bo‘lsa, bu ijtimoiy ta’minot tizimini sezilarli darajada soddalashtirishga yordam beradi. Shuningdek, agar kishi ma’lum miqdordagi summa kafolatlanganini bilsa, u duch kelgan har qanday ish bilan bo‘lsa ham shug‘ullanishga majbur bo‘lmaydi. U xotirjamlik bilan o‘ziga mos ishni izlashi yoki o‘zining kichik biznesini ochishi mumkin bo‘ladi.

    Tajriba qanday amalga oshdi? Pullar barchaga tarqatildimi?
    Tajriba uchun Kela ishsizlik nafaqasini oluvchi 2 ming kishini tanlab oldi. Ikki yil mobaynida (2017 yilning yanvaridan 2018 yilning 31 dekabrigacha) ularga har oyda 560 yevrodan to‘lab borildi — ular ish va boshqa daromad manbai topishganda ham bu pullardan mahrum qilinmadi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar ishsizlar bazasidan tanlab olingan boshqa guruhga (nazorat guruhi) odatdagi nafaqa pullarini to‘lashdi (ishsizlik bo‘yicha nafaqada finlyandiyalik fuqarolar barcha to‘lovlar mahrum bo‘lishadi – bu esa ishsizlar bunday huquqdan mahrum bo‘lmaslik uchun vaqtinchalik ishga joylashish borasidagi takliflarni qabul qilmasligiga olib keladi.

    Kafolatlangan daromadga ega kishilar oson ish topishdimi?
    Bunday bo‘lmadi. Birinchi yildan keyin tajribalar shuni ko‘rsatdiki, uning ishtirokchilari nazorat guruhidagilarga qaraganda atigi yarim kun ko‘proq band bo‘lishdi va ulardan kamroq daromad ko‘rishdi. Tajriba guruhidagilarning o‘rtacha daromadi 4230 yevro bo‘ldi, nazorat guruhidagilar esa 21 yevro ko‘proq ishlashdi. Ammo tajriba guruhidagilar ko‘p tashvish chekishmagan: ular yangi ish topishlariga ishonishgan va tushkunlikka tushmasdan, nazorat guruhi a’zolariga qaraganda o‘zlarini sog‘lomroq his etishgan.

    «Menda haliyam ish yo‘q. Men shartsiz kafolatlangan mablag‘ hayotimni keskin o‘zgartirdi, deya olmayman. Psixologik jihatdan ha, lekin moliyaviy jihatdan emas», degan tajriba ishtirokchilaridan biri, gazetaning sobiq muharriri, Tuomas ismli shaxs.

    Shartsiz kafolatlangan mablag‘ — yomon g‘oyami?
    Hozircha xulosa qilishga shoshilmaslik kerak. Birinchidan, tajribaning ikkinchi yili natijalari 2020 yil boshida beriladi. Ikkinchidan, ayrim gipotezalar o‘zini oqadi - masalan odamlar o‘zining moliyaviy holati haqida kamroq qayg‘urib, tushkunlikka tushishmadi. Uchinchidan, tajriba shartlari tashabbuskorlar istaganidek emas, ular tajribani uzoqroq vaqt davomida o‘tkazishni istashgandi va unda tasodifan tanlangan kishilar emas, istalgan kishi ishtirok etishini rejalashtirishgandi. Kafolatlangan daromad eng zo‘r g‘oya bo‘lmasa-da, tajriba izsiz ketmaydi. Bu shunday ko‘lamdagi ilk tadqiqotdir.

    Loyihasi tashabbuskorlaridan biri Olli Kangas shunday deydi: Aytishim kerakki, meni natijalar tashvishlantirmaydi. Agar natijalar bu g‘oya yaxshiligini ko‘rsatsa, men bundan xursand bo‘laman. Ammo agar bu loyiha ko‘zda tutilgan muammolarni hal qilib bera olmaydigan bo‘lsa ham ranjimayman. Agar natijalar ishonchli, statistika umidli bo‘lsa — menimcha tajribani muvaffaqiyatli, deb hisoblash mumkin.

    » » Fincha tajriba natijasi: 2 yil davomida ishsizlarga 560 yevrodan tarqatildi...