14:30 / 28.03.2019
3 621

Rossiyada eng yuqori ish haqiga ega faoliyat sohalari maʼlum qilindi

Rossiyada eng yuqori ish haqiga ega faoliyat sohalari maʼlum qilindi
Rosstat 2019 yil yanvar oyi yakunlari boʻyicha eng yuqori ish haqiga ega faoliyat sohalarini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz RT maʼlumotlariga tayangan holda.

Foydali qazilmalarni qazib olish sohasida oʻrtacha oylik ish haqi eng yuqori, bu yoʻnalishda u 79,4 ming rublga teng. Keyingi oʻrindan moliya va sugʻurta faoliyati (77,3 ming rubl) joy olgan. Uchinchi pogʻonada - axborot va aloqa sohasidagi ish (66,2 ming rubl).

Toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlarni mos ravishda professional, ilmiy, texnikaviy faoliyat (61,2 ming rubl) hamda tashuvlar va saqlash sohasi (46,9 ming rubl) egalladi.

Yil boshida mehmonxona va umumiy ovqatlanish xodimlari (27,2 ming rubl), qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, ovchilik, baliqchilik bilan shugʻullanadigan ishchilar (27,3 ming rubl) eng kam pul ishlab topdi.

Rossiyada oʻrtacha ish haqi 2019 yil yanvar oyida 42,2 ming rublni tashkil qildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 foizga koʻp, oʻshanda koʻrsatkich 39 ming rublga yetgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada eng yuqori ish haqiga ega faoliyat sohalari maʼlum qilindi