Poytaxt nomini oʻzgartirish qanchaga tushadi?

  • 28 mart 2019, 20:13
  • 1 825
  • Dunyo
  • Poytaxt nomini oʻzgartirish qanchaga tushadi?
    Maʼlumki, 23 mart kuni Qozogʻiston prezidenti mamlakat poytaxti Ostona shahri nomini Nur-Sulton deb qayta nomlash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi. Qozogʻistonlik ekspert Aleksandr Razuvayevning aytishicha, bu jarayonlarga ketadigan sarf-xarajatlar 47 milliard tengedan ziyod yoki 125 million AQSH dollarini tashkil etishi mumkin. Bu haqda “Xalq soʻzi” xabar berdi.

    Ekspertning fikricha, poytaxtni qayta nomlash arzonga tushmaydi va asosiy mablagʻlar byudjet hisobidan ketadi. Razuvayev xarajatlarning bosh yoʻnalishlari sifatida quyidagilarni koʻrsatib oʻtgan:

    “Shaharliklar uchun yangi hujjatlarni chop etish – taxminan 80 million dollar(uch milliard tenge); yangi viveskalar va koʻrsatkichlar tayyorlash – qariyb 25 million dollar(9,5 million tengega yaqin), yangi xaritalar tayyorlash – taxminan besh million dollar(1,9 milliard tenge)”.

    Mutaxassis oʻz navbatida davlat muassasalariga yangi tahrirdagi konstitutsiya va koʻplab qonunlar yetkazib berilishi kerakligini ham qayd etib oʻtgan. Sababi hozir barcha hujjatlarda shahar nomi Ostona boʻlib turibdi. Ushbu oʻzgarishlar uchun 15 million dollar atrofida ketadi. Jami boʻlib 125 million dollarga yaqin(yoki 47 milliard tengedan ziyod) mablagʻ sarflanishi mumkin.

    Bundan oldin Qozogʻiston moliya vaziri Alixan Smailov poytaxt nomini oʻzgartirishga ketadigan xarajatlar hali hisoblanmaganini maʼlum qilgandi.

    » » Poytaxt nomini oʻzgartirish qanchaga tushadi?