14:08 / 24.04.2019
4 572

Falastinlik olima qiz "bedavo" deb hisoblanuvchi kasallik davosini topish arafasida

Falastinlik olima qiz "bedavo" deb hisoblanuvchi kasallik davosini topish arafasida
Falastin nevrologiya tadqiqotchisi Sabat Xatibda qariyalarda demans kasalligiga qarshi yangi formula asosida preparatni ishlab chiqish g‘oyasi bor edi. Uning dunyodagi eng ko‘p tarqalgan, bedavo deb topilgan Alsgeymer kasalligiga davo topish orzusi ro‘yobga chiqish ostonasida.

Falastin olimasini ilmiy jihatdan istiqbolli hayot kutayotgani aniq. Xatib 2009 yilda 98% yuqori natijalar bilan Jenindagi Arab-Amerika Universitetini bitirgan. Keyinchalik, Arab-Amerika Universitetining Fan va san’at fakultetida biologiya va biotexnologiya dasturiga qo‘shiladi va 3,95 ball bilan uni tugatadi. Aksariyat odamlar shu bilan to‘xtab qolishadi, ammo aspirant nevrolog qahramonimiz Najj universitetining Hayot fanlari bo‘limida yuqori darajalarini davom ettirishni tanlaydi va 4 ball bilan bitkazadi.

Bir qator Yevropa universitetlariga ariza topshirgach, Angliya universitetining beshinchi eng yirik universiteti bo‘lgan Aberdin Universiteti tibbiyot fakultetiga grant asosida qabul qilinadi. 2018 yilda uch yil ichida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi va Aberdin Universiteti Neyrologiya kafedrasida faoliyatini davom ettiradi.

U nevrologiya sohasiga qiziqishi baland bo‘lganligi sabab asab tizimi kasalliklariga, jumladan, dunyo bo‘ylab 50 million kishi chalingan Alsgeymer kasalligiga davo topishga harakat qilyapti.

Tajribalarining birida Xatib, Alsgeymer kasalligiga chalingan ko‘plab keksa odamlarga retinoik kislota deb ataladigan kimyoviy modda yetishmovchiligi bo‘lishini aniqladi. Bu asab tizimidagi neyronlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tana bu kimyoviy mahsulotni o‘z-o‘zidan ishlab chiqarolmaydi, A vitaminidan hosil qilishi lozim bo‘ladi. Xatibning fikri bo‘yicha sintetik tarzda kuchli retinik kislotasini o‘z ichiga oluvchi preparat ishlab chiqarilishi kerak edi. Bu ish uchun universitet tomonidan 400 ming yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratildi va Xatib laboratoriyada “yashil chiroq” va ikkita patent olgan holda ishini boshladi.

Xatib insonlarning klinik xastaliklari tez orada bartaraf qilinishiga umid qilishini aytdi. «Agar hammasi yaxshi kechsa, bu juda ko‘plab odamlarga yordam beruvchi, formula va funksiya jihatidan dunyodagi ilk dori bo‘ladi», deydi u.

Bir kun qahramonimiz Vataniga qaytib, Falastin va Arab dunyosidagi qizlarga qanday qiyinchiliklar bo‘lmasin, orzulari ushalishi uchun intilishlari kerakligini o‘rgatishiga va ko‘pchilikni ilhomlashtirishiga olimlar umid qiladi.

Undan talabalar uchun maslahat va tilaklar so‘ralganida, shunday degan: «Siz o‘zingizga va qobiliyatingizga ishonishingiz kerak va qanday qiyinchiliklarga duch kelishingizdan qat’iy nazar, umid sizni tark etmasin. Ko‘p mehnat qilish va imon bilan siz orzularingizga erishib, imkonsiz narsani ro‘yobga chiqarishingiz mumkin».
Faatima Mo‘minjonova tarjimasi

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Falastinlik olima qiz "bedavo" deb hisoblanuvchi kasallik davosini topish arafasida