17:22 / 13.06.2019
3 524

Qozog‘istona norozilik namoyishlarda mingga yaqin kishi qo‘lga olindi (video)

Qozog‘istona norozilik namoyishlarda mingga yaqin kishi qo‘lga olindi (video)
Nur-Sulton va Olma-otada ruxsat etilmagan mitinglar davomida mingga yaqin kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish xizmati boshlig‘i Saparbek Nurpeisov ma’lum qildi.

“Qozog‘iston ikki shaharda noqonuniy aksiyalarda ishtirok etgani uchun 957 kishi qo‘lga olindi, ulardan 670 kishi ma’muriy qamoq, 115 kishi jarima, 172 kishi ogohlantirildi”, - dedi prokuratura vakili.

Hozirgi vaqtda Nur-Sultonda 80 kishi, Olma-otada 100 kishi hibsda qolmoqda, shuningdek sud qaroriga asosan 311 kishi qo‘yib yuborildi.

Saylov kunlari Nur-Sulton va Olma-otada mitinglar o‘tkazildi. 9 va 10 iyun kunlari shu ikki shaharda 700 ga yaqin kishi qo‘lga olindi. Tartibsizliklar davomida uch nafar politsiya xodimi jarohatlandi.

Bosh prokuraturada qozog‘istonliklarni qonunchilikka rioya qilish va ruxsat etilmagan aksiyalarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.

12 iyun kuni Tokayev mitinglar o‘tkazilgan joylarga tasodifan borib qolgan, aybsiz bo‘lgan odamlarni qo‘yib yuborish haqda topshiriq berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istona norozilik namoyishlarda mingga yaqin kishi qo‘lga olindi (video)