18:53 / 26.06.2019
3 347

Yevropada anomal issiq kuzatilishi ma’lum qilindi (video)

Yevropada anomal issiq kuzatilishi ma’lum qilindi (video)
Meteorologlar Yevropaning qator davlatlarida anomal jazirama kuzatilishi haqida ogohlantirishmoqda, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Bu kabi xolat deyarli har yili kuzatiladi. Biroq bu yilgi yoz mavsumida issiq havo oqimi Yevropa Ittifoqini qator davlatlarini iyun oyidayoq qamrab olishi aytilmoqda. Belgiya, Avstriya, Ispaniya, Vengriyada harorat Selsiy bo‘yicha 40 darajaga qadar ko‘tariladi. Fransiyada esa rekord natija qayd etilishi kutilmoqda. Payshanba kuni mamlakat markaziy qismida harorat 45 darajaga yetishi aytilmoqda.

Fransiyada 2003 yilning avgustida Ikkinchi Jahon urushi davridan buyon eng issiq harorat qayd etilgan edi. Biroq bu yilgi jazirama undanda yuqori bo‘lishi mumkin. Parij ma’muriyati hozirda shahar aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida parklar va bog‘larning kechqurun ishlashi va qo‘shimcha favvoralar o‘rnatilishi bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Hozirda shifokorlar aholiga imkon qadar tashqariga chiqmaslikni, ko‘proq suv ichishni va dush qabul qilishni tavsiya qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropada anomal issiq kuzatilishi ma’lum qilindi (video)