Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev mamlakat ichki ishlar vazirligi bosh tergov boshqarmasiga so‘roqqa chaqirtirildi.
“U 9 iyul ertalab so‘roqqa kelishi kerak”, deb ma’lum qilingan boshqarmada.
Ta’kidlanishicha, chaqiriq qog‘ozini militsiya xodimlari Atamboyev uyi yonida u asos solgan Sotsial-demokratik partiya vakili Taalaybek Usubaliyevga topshirishgan. Atamboyev so‘roqqa guvoh sifatida chaqirtirilgan.
Qirg‘iziston parlamenti 20 iyunda prokuraturaga Atamboyevning nomiga bildirilgan ayblovlar ro‘yxatini topshirgan. Deputatlarning fikricha, sobiq prezident Bishkek issiqlik elektr markazini modernizatsiya qilishdagi korrupsiyaga, jinoiy guruh yetakchisi Aziz Batukayevning qalbaki tibbiy ma’lumotnomalar asosida ozod qilinishiga, hokimiyatni tortib olish va boshqa noqonuniy harakatlarga aloqador. Bosh prokuratura ushbu ayblovlarni qisman qo‘llab-quvvatlagan. Agar sud Atamboyevni aybdor deb topsa, unga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.
Sobiq prezidentning o‘zi deputatlarning ayblovlarini tuturuqsiz deb atagan. Atamboyev agar uni qo‘lga olishga harakat qilinsa, qarshilik ko‘rsatib, qurol bilan o‘zini himoya qilishga va’da bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi