Foto: EPA
Vatikandagi Tevton qabristonida 1983 yilda yo‘qolgan 15 yoshli Emanuela Orlandi jasadi qoldiqlarni topish maqsadida ikki qabr ochildi. Biroq, Meduza’ning xabar berishicha, ularning ikkovi ham bo‘sh bo‘lib chiqqan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yilning mart oyida Orlandining qarindoshlari qizning jasadi qoldiqlari Tevton qabristonidagi kitob ushlagan farishtalar haykali oldidagi qabrlarning birida yashiringan bo‘lishi mumkinligi haqida anonim xat olgan.
Shundan so‘ng Vatikan qabrlarni ochishga ruxsat bergan. Ularda nemis malikalari — 1836 yilda vafot etgan Sofiya fon Gogenloe va undan 4 yil o‘tib vafot etgan meklenburglik Karlotta Federika ko‘milgan bo‘lgan. Biroq qabrlar ochilganda ularning hech birida malikalarning ham, Orlandining ham jasadi qoldiqlari topilmagan.
Xabarda aytilishicha, Vatikan qabrlardan malikalarning jasadlari qachon olib ketilganini aniqlash maqsadida qabristonda XIX asr oxiri va 1960 yillarda amalga oshirilgan ishlar haqidagi hujjatlarni o‘rganib chiqish niyatida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!
Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi