Kuala-Lumpurdagi qirollik qarorgohida Malayziyaning oliy hukmdori Abdulla Riayyatuddin Al-Mustafi Billahga toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bernama agentligi xabar berdi.
Qirol o‘z nutqida irqi va diniy mansubligidan qat’i nazar Malayziyaning barcha fuqarolari birdamligi uchun bor kuchini ayamasligini bildirdi.
"Men insonlar farovonligini hamma narsadan yuqori qo‘yaman", - ta’kidladi qirol.
31 yanvarda Abdulla Riayyatuddin Al-Mustafi Billah Malayziya qiroli sifatida qasamyod qilgandi. U rossiyalik Oksana Voyevodinaga uylanishini ma’qullamagan hukmdorlar kengashi bosimi ostida taxtni tark etishga majbur bo‘lgan qirol Muhammad V o‘rniga taxtga o‘tirgan.
Malayziya oliy hukmdori hukumat yoki parlament tavsiyalaridan kelib chiqib qaror qabul qiladi, parlament qabul qilgan qonunlarni, bosh vazir va oliy sud tarkibini tasdiqlaydi, afv etish huquqiga ega va qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni hisoblanadi.
Qirol hukmdorlar kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi, kengash tarkibiga mamlakatdagi 13 shtatdan to‘qqiztasining merosxo‘r sultoni kiradi. Malayziya qiroli ketma-ket ikkinchi marta saylanmaslik huquqi bilan besh yilga taxtga o‘tiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”