Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu britaniyalik hamkasbi Boris Jonsonning ismini Rossiyaning sobiq prezidentining ismi bilan adashtirib, Boris Yelsin deb atadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
U yakshanba kundagi yig‘ilishda Britaniyaga safari haqida so‘zlab bergan.
“Men Londondan juda yoqimli safardan qaytdim, u yerda bosh vazir Boris Yelsin va AQSh mudofaa vaziri bilan uchrashdim”, deb aytgan Netanyaxu.
Ishtirokchilar darhol uni tuzatishgan. Isroil bosh vaziri xatosini anglab, kulib qo‘ygan va uni e’tiborli eshitishayotganini tekshirib qo‘ymoqchi bo‘lganini aytgan.
Jonson iyun oyida Britaniya bosh vaziri bo‘ldi. Uning “adashi” Yelsin esa Rossiyani 1991 yildan 1999 yilgacha boshqargan. U 2007 yilda vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi