Foto: AP
Xitoy yetakchisi Si Szinpin respublika tashkil topganligining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda dunyodagi birorta davlat xitoy millatining rivojlanishini to‘xtata olmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.
«Dunyoda ushbu buyuk davlatning asosini qimirlata oladigan birorta kuch mavjud emas. Hech qanday kuch xitoy millatining oldinga harakatini to‘xtatib tura olmaydi», — deydi Tyananmen maydonida so‘zga chiqqan Si Szinpin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xitoy xalqi 70 yil ichida o‘z kuch-g‘ayrati sabab muvaffaqiyatga erisha olgan.
Xitoy raisining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tinchlik yo‘lida rivojlantish va ochiqlik siyosatini davom ettiradi. Shu bilan birga Si Szinpin Xitoy armiyasi va qurolli politsiyasi mamlakat suvereniteti va manfaatlarini qat’iy himoya qilishini ma’lum qildi.
Xitoy Xalq Respublikasiga 1949 yilning 1 oktyabrida asos solingan. Bugun ushbu sanaga 70 yil to‘lishi munosabati bilan Pekinda tantanali tadbir bo‘lib o‘tmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi