FBK va Navalniy Putinni sudga berdi

  • 21 noyabr 2019, 21:10
  • 1 026
  • Dunyo
  • FBK va Navalniy Putinni sudga berdi
    Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi (FBK) va uning asoschisi Aleksey Navalniy FBKga qarshi “pul yuvish” ayblovi bilan tergov olib borilayotgani bilan bog‘liq holda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ustidan sudga arz qildi.

    Arz qiluvchilar davlat rahbarini konstitutsiya kafili bo‘la turib, FBKga nisbatan tergov ishi bo‘yicha yuz berayotgan “konstitutsiyaviy huquqlarning qo‘pol va tizimli buzilishiga munosabat bildirmayotganlikda va ularni to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘rmayotganlikda” aybdor deb topishni talab qilishmoqda.

    “Biz Putin Vladimir Vladimirovichning jinoiy ta’qibni tashkillashtirish (FBKga qarshi ishni soxtalashtirish) borasidagi harakatlarini noqonuniy deb topishni talab qilamiz, chunki uni ta’qibning katta ko‘lamligi hisobga olinsa, bu ishning tashkilotchisi deb hisoblaymiz”, deyilgan Navalniy saytida.

    Muxolifatchilarning fikricha, Putin FBK va uning xodimlaridan “o‘ch olish” va “hokimiyatni ushlab qolish” maqsadida tergov qo‘mitasiga noqonuniy ravishda jamg‘armaga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish va unga ziyon yetkazish hamda faoliyatiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan tintuvlar o‘tkazishni topshirgan.

    Arzchilarning ta’kidlashicha, tintuvlar va FBK hisobraqamlariga taqiq qo‘yilishi mulkning daxlsizligi, fikr va so‘z erkinligi, ma’lumotlarni tarqatish va birlashish huquqlarini buzadi.

    FBKda ma’lum qilinishicha, kuch tuzilmalari jamg‘armaning shtablari va xodimlari kvartiralarida 264 ta tintuv o‘tkazgan. Jamg‘armada ushbu harakatlar ularning korrupsiyaga qarshi faoliyati bilan ham bog‘langani aytilgan.

    Shu sababli, Navalniy FBKga qarshi ishning yopilishini talab qilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » FBK va Navalniy Putinni sudga berdi