15:53 / 04.12.2019
2 893

Saxo bank 2020-yilning “shok qiluvchi prognozlari”ni eʼlon qildi

Saxo bank 2020-yilning “shok qiluvchi prognozlari”ni eʼlon qildi
Saxo bank
Daniyaning “Saxo bank group” investitsiya banki 2020-yil uchun “shok qiluvchi prognozlari”ni eʼlon qildi. Bank oʻz prognozlarini “ehtimoli kam boʻlgan, biroq yuz bersa daxshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan” voqealar deb atadi. Ular haqiqiy bozor prognozlarini aks ettirmaydi. Quyida shunday prognozlardan bir nechtasini keltiramiz:

Sunʼiy intellektning uchinchi qishi keladi
Kelajakda uzoq vaqt davomida sunʼiy intellektga nisbatan qiziqishning pasayishi hamda uning moliyaviy manbalari qisqarishi kutilmoqda. Oxirgi oʻn yil ichida texnologik korporatsiyalar, jumladan mikrochip ishlab chiqaruvchilar texnologik tadqiqotlar va ishlanmalarga bir necha milliardlab dollar pul sarfladilar. Ammo xarajatlarning oʻsishi bilan kompaniyaning foydasi oshmayapti.

Xarajatlar va natijalar oʻrtasidagi muvozanatni faqatgina Facebook, Google, Microsoft kabi yirik kompaniyalar saqlab qola oladilar va natijada venchur kapitalning sunʼiy intellektga kirishi pasayadi.

Neft muqobil energiya manbalaridan ustun keladi
2020-yilga kelib qayta tiklanadigan energetika eng kam daromad keltiradi. Neft va gaz sanoatining rentabelligi esa oʻsib boradi. AQSHda slanes neft qazib olish foyda keltirmaydi, OPEK ham, oʻz navbatida, slanes neft qazib olish hajmi kamaytirilishini eʼlon qiladi.

Bu vaqtda Osiyoda neftga boʻlgan talab oshayotgan boʻladi. Taklifning kamayishi va talabning koʻpayishi Brent markadagi neft narxining barreliga $90dan oshishini taʼminlaydi.

Blokcheyn texnologiyasiga asoslangan Osiyoning zaxira valyutasi xalqaro savdoda dollarni siqib chiqaradi
Osiyo infratuzilma investitsiya banki yangi zaxira aktivi “Osiyo jalb qilish huquqi” (Asian Drawing Right, ADR)ni emissiya qiladi. U blokcheyn texnologiyasida ishlaydi, bir ADR ikki dollarga teng boʻladi. Avval mahalliy iqtisodiyotlar, keyin Rossiya va OPEK mamlakatlari ADRʻda savdo qilishga oʻtadi, bu yesa AQSHga pul oqimini kamaytiradi. Dollar bir necha oy ichida ADRʻga nisbatan 20%ga, oltinga nisbatan 30%ga qadrsizlashadi.

Vengriya Yevropa Ittifoqidan chiqadi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tomonidan OAV, inson huquqlari himoyachilari, sudyalar va olimlarga qoʻyilayotgan cheklovlar tufayli Budapeshtning Bryussel bilan munosabatlari sovuqlashadi.

Mamlakat kamroq iqtisodiy yordam ola boshlaydi, Yevropa kompaniyalari Vengriyaga nisbatan investitsiya rejalarini qayta koʻrib chiqadi. Va bu harakatlar Vengriyani Buyuk Britaniyadan keyin Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishga majbur qiladi.

Apple avtomobil bozoriga kiradi. U Teslaʻga egalik qiladi
Apple faqatgina iPhoneʻlari bilan kapitalizatsiyasini oshirolmasligini tushunadi va hozir koʻproq raqamli formatga oʻtib borayotgan avtomobil bozoriga kirib boradi. Apple bu bozordagi innovatorlardan biri Teslaʻga sarmoya kiritadi.

Apple kompaniyasi Tesla asoschisining barcha qimmat gʻoyalarini amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega va bu birlashgan kompaniyaning koʻp yillar davomida avtomobilsozlik sohasida oʻz hukmronligini saqlab qolishiga olib keladi.

Germaniya iqtisodiyoti retsessiyaga yuz tutadi
Soʻnggi yillarda Germaniya avtomobilsozlikning oʻsishi elektr transport vositalariga qiziqishning ortishi va yangi texnologiyalarni joriy etish sharoitida sekinlashdi.

Avtomobilsozlik iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri boʻlgan Germaniya hozirgi tendensiyalardan orqada qolmoqda: endi mamlakat oʻzining asosiy quvvatlarini elektr avtomobillari bozoriga oʻtkazish haqida oʻylay boshladi.

Atmosferani ifloslantiruvchi moddalarni isteʼmol qilishning kamayish tendensiyasi fonida, yalpi ichki mahsulotning 14 foizini taʼminlaydigan Germaniya avtomobil bozori 2019-yilda oʻsmaydi va butun iqtisodiyot 2020-yilning uchinchi choragida retsessiyaga kirishadi.

Butun dunyo boʻylab transport soligʻi joriy qilinadi. Narxlar oʻsadi
Iqlimning shiddat bilan oʻzgarishi va global iqlim isish xavfi tufayli xalqaro hamjamiyat 1944-yil Chikago konvensiyasiga binoan oʻrnatilgan xalqaro aviatsiya va yuk tashish soliq imtiyozlarini qayta koʻrib chiqadi.

Atmosferaga zararli gazlar yemissiyasi boʻyicha yetakchi boʻlgan AQSH va Xitoy bunga rozi boʻlishadi. Dunyo boʻylab transport soliqlari joriy etiladi - har bir tonna karbonat angidrid uchun 50 dollar (ilgari taklif qilinganidan ancha yuqori). Shu sababli aviachiptalar va dengiz transportida chiptalar narxi oshadi va bu oʻz navbatida tovarlar narxidagi transport tarkibiy qismining oʻsishiga va ularning narxining oshishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saxo bank 2020-yilning “shok qiluvchi prognozlari”ni eʼlon qildi