09:45 / 10.12.2019
2 910

Putin va Zelenskiy Parijda uchrashdi: nimalarga kelishildi va qanday masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilmadi

Putin va Zelenskiy Parijda uchrashdi: nimalarga kelishildi va qanday masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilmadi
Foto: Ludovic Marin/Pool via REUTERS
Parijda «Normand shakli»dagi bir necha soatlik muzokaralardan so‘ng, Rossiya va Ukraina prezidentlari Fransiya hamda Germaniya yetakchilari ishtirokida yil oxiriga qadar asirlar almashinuvi va to‘rt oydan keyin yangi uchrashuv to‘g‘risida kelishib oldilar.

Uchta muhim masala bo‘yicha kelishuvga erishishning imkoni bo‘lmagan: chegaradagi nazoratni Ukrainaga topshirish, nazorat ostida bo‘lmagan tumanlarda saylovlar o‘tkazish va Rossiya gazining tranziti. Uchrashuvning asosiy natijasi: tomonlar «kelishishga kelishib olishdi».

Parijdagi uchrashuv - Vladimir Putinning Vladimir Zelenskiy bilan birinchi shaxsiy tanishuvi, bundan oldin ular faqat telefon orqali gaplashgan, shuningdek, 2016 yildan beri o‘tkazilgan birinchi «Normand shaklidagi» sammit.

«Biz Rossiya bilan muloqotni ochdik, bu ijobiy holat», - deya Ukraina prezidenti uchrashuv yakunlariga izoh berdi.
«Qandaydir ijobiy o‘zgarish, iliqlik bormi? Menimcha, bor», - dedi Putin.

Makron «Normand sammiti»ni samarali deb atadi, Merkel esa natijalardan mamnun ekanligini aytdi: «Yaxshi niyat va ijobiy munosabat bor».

Rossiya va Ukraina prezidentlarining ikki tomonlama uchrashuvi oldidan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Germaniya kansleri Angela Merkel ishtirokidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng to‘rtta davlat rahbarlari tushlik qilishdi.

«Norman shaklidagi» muzokaralar 2014 yildan beri qariyb 13 000 kishi halok bo‘lgan Ukraina sharqidagi tinchlik jarayonini qayta tiklashga urinish bo‘ldi. Ukraina Rossiyani «Donetsk va Lugansk xalq respublikalari»ni qo‘llab-quvvatlashda ayblaydi. Ukraina rasmiylarining ma’lum qilishicha, Rossiya armiyasining muntazam bo‘linmalari mamlakat sharqida joylashgan. Kreml Rossiya harbiylarining ushbu mojaroga aloqadorligini rad etib, ixtiyoriy ravishda harbiy harakatlarda qatnashgan Rossiya fuqarolari u yerda bo‘lishi mumkinligini bildirib keldi.

Nimalarga kelishib olindi

- "Norman shaklidagi" yangi uchrashuv to‘rt oy ichida o‘tkazilishi kerak;
- Asirlarni «barchasi uchun barchasi» shaklida almashish;
- Yil oxirigacha o‘t ochmaslik rejimini joriy etish;
- Ukraina sharqida kuchlarni olib chiqish uchun uchta yangi hududni tashkil etish (Ukraina OAVning Ukraina delegatsiyasidagi manbalarga tayanib xabar qilishicha, Putin butun aloqa chizig‘i bo‘ylab kuchlarni joylashtirishni taklif qilgan, ammo Kiyev bunga rozi bo‘lmagan);
- Ukraina qonunchiligida «Shtaynmayer formulasi»ni mustahkamlab qo‘yish, u «DXR» va «LXR»ga alohida maqom berishni tartibga solishi zarur;
- Ukraina sharqida YeXHT missiyasining vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risida.

Nimalar haqida kelishuvga erishilmadi: Ukraina chegarasi nazorati, saylovlarni o‘tkazish va gaz tranziti
Kiyevning o‘z chegarasi ustidan nazorat o‘rnatishi to‘g‘risida. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina chegarani to‘liq nazorat qilish masalasiga qaytadi. Putin chegara masalasida tomonlarning pozitsiyalari farq qilishini tasdiqladi. «Biz «Minsk kelishuvlari» amal qilishining tarafdorimiz», - dedi Putin. Minsk kelishuvlariga ko‘ra, chegarani nazorat qilishni Ukrainaga o‘tkazish «DXR» va «LXR»dagi saylovlardan keyin amalga oshirilishi kerak.

Rossiya gazini Ukraina orqali tranzit qilish to‘g‘risida ham hech narsa hal qilinmadi. Zelenskiy aytganidek, muammo yechimiga yo‘l ochilishi mumkin. «Prezident bilan ikki tomonlama uchrashuvda biz bu haqda gaplashdik. Menimcha, biz bu masalani hal qilish uchun yo‘l ochdik. Endi maslahatchilar darajasida gaz tranziti to‘g‘risidagi bitimning imkoniyati, shakli, hajmi, narxi va boshqa tafsilotlar muhokama qilinadi, chunki bu hamma uchun juda muhimdir», - dedi Zelenskiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Zelenskiy Parijda uchrashdi: nimalarga kelishildi va qanday masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilmadi