date

Qozog‘istonda 14 yoshli 9-sinf o‘quvchisining ona bo‘lgani aniqlandi

Qozog‘istonda 14 yoshli 9-sinf o‘quvchisining ona bo‘lgani aniqlandi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati, Uil tumanida 14 yoshli 9-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, holatga qizning buvisining turmush o‘rtog‘i aloqador bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Gumonlanuvchi bu oila a’zosining qarindoshi emasligi qayd etilgan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi bu voqeaga munosabat bildirib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

«Mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, hozirda qo‘lga olindi. Hodisaning barcha jihatlarini va uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi politsiya bayonotida.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lum qilishicha, hozirda bir qator tergov va protsessual chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda. Viloyat politsiya departamenti rahbariyati esa jarayonni shaxsan nazoratga olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda 14 yoshli 9-sinf o‘quvchisining ona bo‘lgani aniqlandi