Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining iste’fodagi sudyasi Viktor Momotovga Bosh prokuraturaning da’vosi asosida 3000 rubl miqdorida davlat boji to‘lash majburiyati yuklandi. Bu haqda RIA Novosti Moskvaning Ostankino tuman sudi qaroriga tayanib xabar berdi.
Sud, shuningdek, Momotovning sheriklari — tadbirkor Andrey Marchenko va uning o‘g‘li Ivandan 95 ta ko‘chmas mulk obyektlarini davlat daromadiga musodara qilishga qaror qildi. Ular orasida Krasnodar, Kaliningrad va Rostov-Dondagi “Marton” va “Vologda” mehmonxonalariga tegishli binolar ham bor.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Momotov uyushgan jinoiy guruh va kriminal shaxslar bilan hamkorlik qilib, mehmonxona biznesini noqonuniy yo‘l bilan tashkil etgan hamda ko‘chmas mulklarni qonunlashtirgan.
Ayblovga ko‘ra, ular soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlab, davlatga taxminan 500 million rubl zarar yetkazgan. Momotov esa unga qo‘yilgan ayblovlarni “tuhmat” deb atagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!