Kiprik to‘kilishiga sabab bo‘luvchi omillar bir nechta. Quyida ushbu sabablar va ularning echimlari bilan tanishasiz:
Allergiya
Agar kiprik to‘kilishi tush bo‘yog‘i almashishi bilan bog‘liq yoki foydalanayotgan bo‘yoqning muddati 3 oydan oshgan bo‘lsa, bu – allergiya.
Bu holatda kamida bir haftaga tushdan foydalanishni to‘xtating. Allergiyaga qarshi tomchi tomizing va tush bo‘yog‘ining sinovdan o‘tgan xilini sotib oling.
Qo‘lni toza yuvmaslik
Toza yuvilmagan qo‘l orqali o‘tgan infeksiyalar yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi.
Yallig‘lanish boshlanishi bilan barcha ko‘zga suriladigan kosmetik vositalardan foydalanishni to‘xtating va yallig‘lanishga qarshi dori tomizishni boshlang. Agar 2 kundan keyin ham o‘zgarish sezilmasa albatta shifokorga ko‘rining.
Kipriklarni qayirish
Kipriklarni qisqich yordamida qayirishda kiprik ildizi zarar ko‘rishi oqibatida ham kiprik to‘kilishi mumkin.
Kiprik to‘kilishining oldini olish uchun qisqichlardan foydalanishni kamaytiring.
Qalqonsimon bezning kasallanishi
Agar kiprik to‘kilishi soch to‘kilishi bilan birga boshlangan bo‘lsa, bu qalqonsimon bezning me’yoridan ko‘p garmon ishlab chiqara boshlaganini bildiradi.
Bu muammoni bartaraf etish uchun albatta shifokorga boring.
Alopesiya
Bu kasallik nafaqat sochlarning balki kiprik va qoshlarning ham to‘kilib ketish belgilari orqali namoyon bo‘ladi.
Bunday holatda tezlikda mutaxassis shifokorga murojaat qilishni tavsiya etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda
Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi