Tejash uchun kerakli narsa yoki yangi buyumdan voz kechish shart emas. Foydali odatlarga o‘rganishning o‘zi etarli – kamroq sarflay boshlaganingiz darrov seziladi.
Foydali odamlar
Do‘stlaringiz yoki yaqinlaringiz sartarosh, kosmetolog yoki stomatolog bo‘lsa, bunday sohalar uchun ketadigan xarajatlarni ancha tejash mumkin. Tabiiyki, siz ham o‘z navbatida vaqti kelganda ularga albatta yordam ko‘rsatasiz.
Piyoda yurish
Transport xizmatidan voz kechib piyoda yurish – ham sog‘liq uchun foydali, ham yo‘l xarajatini tejashning ajoyib usuli.
Yashash joyini birgalikda ijaraga olish
Agar siz yashash uchun kvartirani ijaraga olmoqchi bo‘lsangiz, biror kishi bilan birgalikda olganingiz ma’qulroq. Bu sizga yashash xarajatlarini ikki baravar kamaytirishga yordam beradi. Eng asosiysi bir joyda birga yashash qiyin bo‘lmaydigan qo‘shnini to‘g‘ri tanlashdir.
Sotib olishga to‘g‘ri yondashish
Sotib olishdan oldin, sizga bu juda qimmat va brend bo‘lgan buyum qanchalik muhimligi to‘g‘risida yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Agar siz uchun uncha ahamiyatli bo‘lmasa, brend kiyimlar uchun bekorga mablag‘ sarflash yaramaydi. Chunki har mavsumning oxirida bunday kiyimlar narxi 2 baravar arzonlashishi mumkin. Shuningdek, ko‘plab markadagi sifatli kiyimlarni arzonroq narxda ham xarid qilsa bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi