Maqolada uy bekalari uchun oshxonada qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar bilan o‘rtoqlashamiz.
— Tuxumning oqini uning ikki tomonidan igna bilan teshib ajratib olsa bo‘ladi. Tuxumning sarig‘i esa uning ichida qoladi.
— Po‘sti bilan qaynatilgan kartoshka yorilmasin desangiz, uni bir-ikki joyidan teshing.
— Qovurilgan kartoshkaning ta’mini yaxshilash uchun unga 1 choy qoshiq xantal qo‘shing.
— Parranda go‘shtini qovurishda tayyor bo‘lishidan biroz oldin tuzli suv sepsangiz yanada mazali bo‘ladi.
— Muzlatilgan baliqni tezroq eritmoqchi bo‘lsangiz, plastik paketdagi iliq suvga solib qo‘ying.
— To‘yimliligi va ta’mini saqlab qolish uchun loviya qaynab chiqqanidan keyin suvini to‘kib yana boshqa suv va o‘simlik yog‘i solib qaynating.
— Baliq bo‘laklari yoyilib ketmasligi uchun qovurishdan oldin tuz seping, unga yaxshilab belab oling va qizigan yog‘ga soling.
— Archilgan olmalar qoraymasin desangiz, ularni tuzli sovuq suvga solib qo‘ying.
— Ko‘pchigan xamir yanada oshib ketmasligi uchun qog‘ozni ho‘llab silkitib tashlang va xamirni o‘rab qo‘ying.
— Qayladagi qaymoq yumaloqlanib qolmasin desangiz, ishlatishdan oldin uni ozroq sut solib suyultiring.
— Oldindan sovitilgan tuxum oqi yaxshi ko‘piradi. Sarig‘ini esa ishlatishdan oldin sal isitib oling.
— Limon kislotasi guruchni oppoq va dona-dona qiladi.
— Xamirning ichidagi mayizlar bir tekisda joylashishi uchun, ishlatishdan oldin uni issiq suvda yuving va un seping.
— Mankani tayyorlashdan oldin bir necha marta yuvsangiz pishirishda yumaloq bo‘lib qolmaydi.
— Baliqning tangachalarini suv tagida tozalash osonroq.
— Yaxshi pishmaydigan go‘shtni sho‘r suv, kvas, sirka yoqi qatiq solib ivitib qo‘ysangiz yumshoq bo‘lib pishadi.
— Qovurishdan oldin xom go‘shtga o‘simlik yog‘i surib qo‘ysangiz chiroyli bo‘lib pishadi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi