2017 yil 16 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

  • 15 may 2017, 20:53
  • 5 493
  • Hayot tarzi
  • 2017 yil 16 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
    Bugun shaxsiy hayotda sizni omad kutib turibdi. Bundan tashqari, moliyaviy jihatdan ham omadingiz kelishi kutilmoqda. Bir kunda shuncha muvaffaqiyatga erishish albatta sizga yoqib tushishi tayin. Faqat bundan g‘ururlanib ketmang, aks holda ko‘z tegishi hech gap emas. Ehtiroslarni jilovlashingiz bugunning bosh talabi ekanini unutmang. Chunki ba’zida ehtiroslar ham insonni ko‘ngilsizliklarga duchor etishi mumkin.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
    16 may kuni notanish odamlar bilan muloqot qilmang, bu sizga ortiqcha muammolar tug‘dirishi mumkin. Aniqrog‘i, kim bilandir janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Shu bilan birga hamkasblarga nisbatan ham ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Yaqinlaringiz bilan munosabatlarda diplomatlikka ahamiyat qarating. Kechqurunga yaqin qo‘qqisdan xizmat safariga jo‘nashingiz kutiladi. Shu safar bahonasida moddiy ahvolingizni yaxshilab olasiz.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
    Yulduzlar bugun kuningiz tinch o‘tishini bashorat qilishgan. Ammo ba’zi bir to‘siqlar ham kun davomida yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Agar ish joyingizda astoydil tirishsangiz, moddiy ahvolni ham tez fursatda yaxshilab olasiz. Kechqurun sizdan qarz olganlar qarzini qaytarishi mumkin. Kechqurungi vaqtingizni faqat oila davrasida kechirishingiz tavsiya etiladi.

    QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
    16 may kuni yangi ishlarga sira qo‘rqmasdan qo‘l uraversangiz bo‘ladi. Ularni juda tez uddalaysiz. Erkaklarga yulduzlar bugun begona ayollar bilan yaqin munosabatga kirishmaslikni maslahat berishmoqda. Bu sharmandalik va fojia bilan yakun topishi mumkin ekan. Bugun zararli odatlardan voz kechib, ma’naviyatdan yangi darslar olish muvaffaqiyatli kechadi. Salomatlikni ehtiyot qilish ham yodingizdan ko‘tarilmasin.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)
    Yulduzlar bugun omadga erishish uchun qalb va aql yordamiga tayanishni maslahat berishadi. Moliyaviy muammolarni hal etishda esa o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarni oldindan rejalashtirilgan usullardan unumli foydalangan holda bosib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Hayot qonunlari, qoidalariga bugun aslo qarshi bormang, taqdir g‘azabi kuchli bo‘ladi. Bu, ayniqsa, muhabbat va oilaviy munosabatlarda aksini topishi mumkin. Kechki payt salomatligingiz pand bera boshlashi mumkin. Bunga haddan ziyod issiq havo ham sababchi bo‘lishi hech gap emas.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

    16 may kuni bilim olish va internet orqali dunyodan boxabar bo‘lish birinchi ishingizga aylansa, foydadan xoli bo‘lmasdi. Atrofdagilar, yaqinlaringiz bilan muloqotda har bir so‘zni o‘ylab gapiring, aks holda kim bilandir janjallashib qolishingiz mumkin. Bugun safarlar va yig‘inlar siz uchun muvaffaqiyatli kechadi. Shaxsiy hayotingiz osmonida bulutlar paydo bo‘lsa, ularni haydashda qondoshlaringizning o‘zlari yordam berishadi. Surunkali xastalik bilan og‘riganlar issiq havoda ko‘p yurmasliklari tavsiya etiladi.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)
    Bugun yulduzlar sizga atrofdagilarga, hatto sizni ko‘rolmaydigan, hasad qiladiganlarga ham adolatli munosabatda bo‘lishni maslahat berishadi. Kunning ikkinchi yarmida negadir bashoratchilik qobiliyati ozmi-ko‘pmi, qalbingizda jo‘sh ura boshlashi mumkin. Bu ham ko‘pgina muammolarni oson hal etishda yordam beradi. Ish joyingizda o‘tmish xatolarni, xafagarchiliklarni eslamaslikka harakat qiling. O‘zingizni ehtiyot qiling.

    ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
    16 mayni yaqin kishingizga o‘zingiz har jabhada haqligingizni isbotlash bilan boshlashingiz kutiladi. Faqat bu jarayonda janjal chiqmasligiga alohida e’tibor bilan yondashing. Hamma narsaning me’yori bo‘lgani yaxshi. Asosiysi, kun davomida asablarni asrang. Hali ular sizga ko‘p kerak bo‘ladi. Kechki payt uyingizga kutilmagan mehmon tashrif buyurishi mumkin. Bu kayfiyatingizni ko‘taradi.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
    Bugun yaqin qarindoshlar, do‘stlar, qo‘shnilar bo‘ladimi, nima yordam so‘rashsa, rad etmasligingiz shart. Bu sizga inshoolloh bir olam savobni hadya etadi. Chunki bu dunyoni qaytar dunyo deb behuda aytishmaydi. Siz ham qachonlardir kimlardandir yordam kutgan bo‘lishingiz mumkin. Ota-ona, farzandlar va do‘stlar bilan muloqot qilish uchun 16 may juda xayrli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qo‘ynida dam olib qaytsangiz ham ortiqchalik qilmaydi.

    TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
    16 may kuni oilaviy rishtalarni yanada mustahkamlash hamda eski urf-odatlarni bir eslab qo‘yish uchun qulay fursat tug‘iladi. Ishlarni tushga qadar to‘liq tamomlashga urinmang, jismoniy zo‘riqishga uchrashingiz ehtimoli bor. Tez-tez siz bilan janjallashib turadigan odam bugun ham asabingizga tegishi mumkin. Bugun ommaviy tadbirlarda umuman ishtirok etmang. Asablarni asrang.

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
    Bugun hayotingizda sodir bo‘ladigan har bir voqea-hodisani chuqur tahlil qilib o‘tirishingiz shart emas. Oila qurmaganlar kimnidir yoqtirsa-yu, bu haqda o‘ziga ayta olmagan bo‘lsa, shu manzara bugun namoyon bo‘lishi kutiladi. Har bir ishni amalga oshirishda faqat qalb sadosiga quloq tuting. 16 may kuni o‘zgalar maslahati sizga naf bermaydi. Kechqurun yolg‘iz qoling va yaxshilab dam oling. Shunda ertangi kun uchun etarlicha kuch yig‘ib olasiz.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)
    16 may kuni moliyaviy muammolarni muvaffaqiyatli tarzda hal etish va muhim hujjatlarga imzo qo‘yishingiz uchun qulay bahona va sabablar paydo bo‘ladi. Bugun barcha sizdagi iroda kuchi va tengsiz iste’dodga havas bilan qaraydi. Ishdagi sifatni va ijodiy yondashuvlarni esa rahbariyat maqtaydi, mukofotini ham olib qolsangiz ajabmas. Kun davomida o‘zingizni ehtiyot qiling.

    Manba: Hordiq.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 2017 yil 16 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...