22:42 / 18.06.2017
6 939

19 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

19 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugungi kuningiz ancha og‘ir kechishini bashorat qilishgan. Bunday vaziyatlarda har bir ishni reja asosida bajarish lozim bo‘ladi. Atrofdagilar bilan munosabatda ham reallikka, qisqa gapirishga harakat qiling. Agar muhim hujjatlarga imzo chekish zarurati tug‘ilsa, sergaklik bilan ish tuting. Salomatligingizni kun davomida nazorat ostida ushlashni kanda qilmang. Kechqurun qo‘lingizga pul tushishi kutiladi. Uxlashga yotishdan oldin albatta toza havoda sayr qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
19 iyun kuni birinchi navbatda huquqiy masaladagi muammolaringiz bo‘lsa, o‘shalarni hal etishingiz talab etiladi. Shaxsiy hayotda esa qalb amriga emas, tafakkurga suyangan holda ish tutsangiz, kamlik ko‘rmaysiz. Kechqurun xonadoningizga olis-yaqindan qondoshlar kelishi va ziyofat uyushtirishingiz ehtimoli bor. Olis safarga chiqish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Ro‘zadorlarning xizmatini qilishdan tiyilmang. Salomatligingiz pand berib qolmasligi uchun ovqatlanish va yurish-turish qoidalariga qat’iy amal qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar bugun ertalabdanoq ilgarigi, haliyam oyog‘ingizga kishan bo‘lib kelayotgan muammolarin bartaraf etishingiz lozimligini uqtirishadi. Ayniqsa, bu pul bilan bog‘liq bo‘lsa, kechiktirib bo‘lmaydi. Har bir ishda do‘stlar maslahatiga amal qilishdan bosh tortmang. Kechqurun sizni favqulodda xaridlar kutadi. Bu bolalaringiz, qarindoshlar yoki boshqa uyga ko‘chishingiz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kechqurun yengil hazm bo‘ladigan taomlar iste’mol qilish bilan cheklaning.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
19 iyunda iblis etagida qolishdan saqlaning. U sizni avrab qavm-qarindosh, hamkasblar oldida aytganingizni qildirish uchun etaklashi mumkin. Iblisni darhol vujudingizdan haydab soling. U oqibatda baloga yo‘liqtiradi. Ishda ba’zi hamkasblar bilan janjallashib qolishingiz ehtimoldan xoli emas. Sog‘lig‘ingizni kun davomida nazoratda ushlang, tez-tez qon bosimingizni o‘lchatib turing. Ro‘zador bo‘lsangiz, organizmingizni jismonan zo‘riqtirmaslikka harakat qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar bugun shaxsiy hayotingizda osudalik hukm surishini bashorat qilishgan. Juftingiz bilan munosabatlaringiz juda me’yorida bo‘ladi. Oilasizlarning ba’zilari bugun orzusidagi insonni uchratibgina qolmay, bir qarashdayoq sevib qolishlari mumkin. Meditasiya, kelajak haqida qayg‘urish, rejalar tuzish, ruhiy etuklikka intilish uchun bugun xayrli kechadi. Pul har qadamda sizni kuzatib boradi. Demak, moliyaviy jihatdan to‘siqlarga uchramaysiz. Kechqurun hisobingizga katta pul kelib tushishi kutiladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
19 iyun kuni ishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Basharti hamkasblardan kimlardir bir-biri bilan janjallashsa, yonib turgan olovga yog‘ sepmang. Gunohi sizning chekingizga tushib qoladi. Bugun bilim olish, yangi hunar egallash yo‘lidagi harakatlar juda omadli kechadi. Yaqinda yangi ishga joylashgan bo‘lsangiz, kuningiz muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun pulning o‘zi sizni qidirib keladi, xursand bo‘lavering.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun o‘ta jiddiy, mehnatsevar bo‘lishingizni maslahat berishmoqda. Shaxsiy muammolaringizni birovlar yordamiga tayanmasdan, o‘zingiz bartaraf eting. Agar xatolarga yo‘l qo‘yishni istamasangiz, qalbingizga quloq tuting. U sizga to‘g‘ri yo‘lni albatta ko‘rsatadi. Kechqurun yaqin do‘stlar bilan muloqot qilishingiz mumkin. Moliyaviy masalada qarindoshlaringiz yordam qo‘lini cho‘zishmoqchi. Sog‘liqni ehtiyotlang, asablarni urintirmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
19 iyun kuni dam olish, tabiat qo‘yniga chiqib havo almashtirish juda foydali bo‘ladi. Faqat yo‘llarda ehtiyot bo‘ling, shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, ehtiyotkorlikni yuz barobar oshiring. Oilasizlar kun davomida romantik kayfiyatda bo‘lishlari kutilmoqda. Sizni qiziqarli, yangi tanishuvlar kutadi. Ish masalasida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Asabni asrang. Sog‘liq darz ketishi ham ko‘pincha asabbuzarliklar bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kun bo‘yi qiziqarli uchrashuvlar, vaziyatlar, yoqimli lahzalar sizga hamrohlik qilishi kutiladi. Ishda qaysidir hamkasbingiz bilan bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Xaridlar, xizmat safariga chiqish, ayollar uchun go‘zallik saloniga borish bugun juda xayrli kechadi. Rahbariyat bilan munosabatlarda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Imkon topsangiz, ulardan sal nariroq ham yura qoling, shunisi tinch.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
19 iyun kuni oila qurmaganlar barcha ko‘rinishdagi uchrashuvlarni bekor qilganlari ma’qul. Bugun sizga romantika do‘stlik qilmaydigan bo‘lib turibdi. Bunga salomatligingiz pand berishi sabab bo‘lishi mumkin. Sport bilan ham shug‘ullanmay turing. Mevalarni yuvmasdan, qandayligini surishtirmasdan emang. Tushdan keyin sizga qo‘shimcha daromadli ish taklif etishadi. Kechqurun bu ishning daromadini ko‘rasiz. Juftingizga nisbatan adolatli bo‘ling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun har bir ishni yolg‘iz o‘zingiz bajaring, jamoaviy tarzda ishlash bugun sizga omad keltirmaydi. Aksincha, yolg‘izlikda ishlasangiz, daromadi ham yaxshi bo‘ladi. Ijodkor bo‘lsangiz, bugun yangi asarlar g‘oya va mazmuni xayolingizni chulg‘ashi mumkin. Oilasizlar yaqinda kim bilandir tanishgan bo‘lishsa, undan ko‘p narsa kutishlari noto‘g‘ri. Siz tanishganingizni oldin yaxshilab o‘rganing, sinang, ana shunda nimanidir kutsangiz yarashadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
19 iyun kuni har qanday vaziyatni o‘zingiz boshqarishingizga to‘g‘ri keladi. Bu ishda do‘stlar, yaqinlar ko‘magi asqota olmaydi. Jahd o‘ti beixtiyor tinchingizni o‘g‘irlay boshlasa, undan qutulishning yo‘li bitta. Sportzalga boring-da, alamdan chiqquncha o‘zingiz yoqtirgan sport turi bilan shug‘ullaning. Shu bahonada barcha g‘uborlar chiqib ketadi. Tijoratchi bo‘lsangiz, bugun daromadning cho‘g‘i kamroq bo‘lishi mumkin. Xudoning kuni-da!

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 19 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..