18:35 / 17.12.2017
8 672

Mitti hikoya: "Dadam xafa bo‘lmasinlar..."

Митти ҳикоя: "Дадам хафа бўлмасинлар..."
- Oyijon, iltimos, bog‘chada o‘rtog‘imni urganimni dadamga aytmang...- Qizchaning pastki labi cho‘chchayib, kipriklari pirpiradi.
- Dadang urishmaydilar-ku, qizim. Dadangdan yashirishimiz yaxshi emas...
- Yo‘q, oyijon, dadam bilsalar mendan xafa bo‘ladilar. Xafa bo‘lishlarini xohlamayman!..- Qizaloq yig‘lamsirab gapirdi.

Qizchasini yerdan dast ko‘tarib bag‘riga bosgan ona, bir necha kun avval eri bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni esladi:
- Qizingizni urishmaysiz, tanbeh bermaysiz. Kundan kunga erkalanib ketyapti. Xudo ko‘rsatmasin, hech kimga quloq osmaydigan bo‘lsa-chi?!
- Men to‘g‘ri qilyapman. Qizimizni urishmayman. Unga har doim “sen nojo‘ya ish qilsang, kimdir sendan shikoyat qilsa men xafa bo‘laman, qizim” deyman, xolos. Bir kuni bu ishim to‘g‘riligini tushunasan!..

Eri haq ekan. Qizalog‘ini bag‘riga qattiq bosdi:
- Dadangni xafa qilmaymiz, qizim, hech qachon!..

Manba: Erk.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mitti hikoya: "Dadam xafa bo‘lmasinlar..."