21:06 / 12.04.2018
7 291

Olimlar yigitlarga opasi bor qizlar bilan turmush qurishni maslahat bermoqda

Olimlar yigitlarga opasi bor qizlar bilan turmush qurishni maslahat bermoqda
Yangi Zelandiya va Shvetsiya olimlari maxsus tadqiqot o‘tkazib, ayollarning tug‘ilish tartibi va kelajakdagi tana vazni indeksi o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rsatib berishdi. Aniqlanishicha, opalari bor qizlar sog‘lom farzand ko‘rish bilan bir qatorda, to‘lishishga moyil bo‘lmaydi.

Tadqiqotlarda jami 26 ming opa-singil ishtirok etdi. Ular shvetsiyalik bo‘lib, 1991-2009 yillar orasida tug‘ilgan. Olimlarning aniqlashicha, opalar 25 yoshdan so‘ng singillariga nisbatan 30 foizga ko‘proq ehtimol bilan to‘lishishadi.

Shu turdagi boshqa tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, oilaning birinchi farzandida intellekt koeffitsiyenti odatda yuqoriroq bo‘ladi.
Olimlar bunday tadqiqotlarning milliy sog‘lomlashtirish dasturlarida qo‘l kelishini aytmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar yigitlarga opasi bor qizlar bilan turmush qurishni maslahat bermoqda