15:26 / 13.04.2018
12 441

Sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari yo‘l qo‘yadigan 10 xato

Sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari yo‘l qo‘yadigan 10 xato
Biz zararli taomlarni foydalisiga almashtirishga urinamiz. Biroq ko‘p hollarda noto‘g‘ri tanlov qilamiz. E’tiboringizga «sog‘lom taom» haqidagi tasavvuringizdan o‘chirib tashlash zarur bo‘lgan 10 ta noto‘g‘ri qoidalarni taqdim etamiz.

Qutidagi sharbatlar gazli ichimliklardan ancha foydaliroq

Masalan, qutidagi olma sharbati bir qarashda bezarar ko‘rinadi. Aslida esa uning kaloriyasi gazli ichimliklarnikidan ko‘proqdir. Agarda siz haqiqatan ham sog‘lom ovqatlanish tarafdori bo‘lsangiz, sanoatdagi shirin ichimliklardan ko‘ra toza suv iste’mol qilganingiz ma’qul.

Xom sabzavotlar pishganidan ko‘ra foydaliroq

Buni qarangki, qaynatilgan sabzavotlar ayrim jihatlari bilan xomiga nisbatan foydaliroq ekan. Masalan, pishgan sabzida karotinoidlar ko‘proq bo‘ladi. Pomidor dimlab pishirilganda esa uning tarkibidagi zaruriy modda — likopin ortar ekan.

Bu xom sabzavotlarni iste’mol qilmang, degani emas, shunchaki pishganlarini ham e’tibordan chetda qoldirmang.

Sushi — parhezbop taom

Iste’mol qilayotgan taomlarida uglevodlar miqdoriga e’tibor beruvchi kishilar ham sushini parhezbop taom deb hisoblaydilar. Aslida esa 1 porsiya baliqli sushida burgerdagidan ko‘proq uglevod mavjud. Kaloriyasiga kelsak, burgerniki yuqori, albatta. Agar siz ozishni xohlasangiz, yuqoridagilardan ikkisini ham yemagan ma’qul.

Soya qaylasi foydali ziravordir

Soya qaylasi tarkibida tuz miqdori siz o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘p. Parhezshunoslar ushbu ziravorni ko‘p iste’mol qilishni tavsiya etmaydilar.

Shakarning o‘rniga asal

Agarda siz qomatingiz haqida qayg‘ursangiz, asal shakardan ko‘ra foydali ekan deb uni ko‘p iste’mol qilish yaramaydi. Sababi, uning foydasi bilan birga nojo‘ya ta’sirlari ham mavjud. Kaloriyasi esa shakarnikidan ko‘proq.

Quruq mevalar — ajoyib tamaddi

Mevalar quritilganida 80 foiz vitamin va antioksidantlarni yo‘qotadi. Biroz qorningiz ochsa, yangi mevalar bilan tamaddi qilgan foydaliroq.

Jo‘xori (popkorn) — nosog‘lom taom

Olimlar maxsus uskunada tayyorlangan jo‘xori sog‘lom va foydali taom ekanini isbotladilar. Masalan, bir kosa «popkorn»da taxminan shu miqdordagi har qanday mevadagidan 2 barobar ko‘p foydali polifenollar mavjud ekan. Bundan tashqari, jo‘xori klechatkaga ham boydir.

Ozish niyatidagilar uchun pishloq mumkin emas

Pishloq tarkibida ko‘p miqdorda yog‘ bo‘lgani sababli parhez paytida uni yeyish tavsiya etilmaydi. Aslida esa kam miqdorda iste’mol qilingan pishloq har qanday parhezda organizm uchun faqat foyda keltiradi. Bundan tashqari, pishloq tarkibida maksimal darajada kalsiy saqlovchi mahsulotlar qatoriga kiradi.

Tabiiy yog‘lar taomni yanada foydaliroq qiladi

Kokos yog‘i, zaytun yog‘i va boshqalar sog‘lom turmush tarzidagilarning kundalik taomnomasiga kiradi. Ammo ularni taom pishirishda ishlatmagan ma’qul. Sababi, qizish jarayonida shifobaxsh yog‘ tom ma’noda zaharga aylanadi: uning tarkibida zararli moddalar ortib ketadi. Shunday ekan, bunday yog‘larni salatlarga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Yog‘siz sut mahsulotlari ma’qulroq

O‘z vaznlarini nazoratda tutuvchilar butunlay yog‘siz mahsulotlarni tanlaydilar. Biroq bunday mahsulotlar kaloriyasi har doim ham past bo‘lmaydi. Buning ustiga, ularda zaruriy vitamin va mikroelementlar ham juda kam bo‘ladi. Masalan, barcha sut mahsulotlari o‘zida D, E, A, K kabi yog‘da eruvchi vitaminlarni saqlaydi. Yog‘siz sut mahsulotlaridagi ushbu vitaminlar oshqozonga tushganda so‘rilmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari yo‘l qo‘yadigan 10 xato