Britaniyalik parhezshunoslar iste’mol qilinishi insonni nafaqat baxtiyorroq qiladigan, balki ko‘plab, jumladan surunkali kasalliklardan forig‘ bo‘lishga imkon beradigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi.
Eng foydali mahsulotlar ro‘yxatida 1-o‘rinni selderey (kashnichsimon ko‘kat) va yong‘oq egallagan. Ta’kidlanishicha, selderey tarkibida organizmga deyarli antidepressantlar kabi ta’sir qiluvchi apigenin moddasi bor. Ushbu modda stress va xavotir hissini bostirishi, uzoq davom etuvchi tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishi aytiladi. Yong‘oq esa miyaning normal ishlashi uchun oqsil va yog‘larga ega.
Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatga miso-sho‘rvalar (yapon taomi), quritilgan mango, avokado, tuxumlar, keshyu yong‘oqlari, javdar unidan tayyorlangan krekerlar, dimlab pishirilgan go‘sht, karri sousi, shokolad va salat barglari kiritilgan. Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, taqsimlangan diyetaga amal qilinganda, ya’ni har kuni ma’lum mahsulotlar iste’mol qilinganda organizm o‘zini tozalash va o‘zini muvozanatlash imkoniyatini tiklaydi, qon suyuladi, miyada qon aylanishi yaxshilanadi, organizmda moddalar almashinuvi muvozanatlashgan darajaga keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi