Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni topshirgan. Bunda Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilib, tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqishni aytgan.
9 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari barcha rivojlangan davlatlarda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etilgani va bu orqali byudjet xarajatlarini kamaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga erishilganini ta’kidlagan.
"Tibbiyot sohasida davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, ayrim davolash muassasalarini shunday sheriklik asosida yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash, ularga to‘liq moliyaviy mustaqillik berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, yig‘ilishda tibbiy ta’lim tizimini isloh qilish masalasi ham alohida muhokama qilingan. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari filiallarini ochish, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ixtisoslashgan tibbiyot markazlari o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”