00:23 / 18.11.2018
6 674

Munajjimlar bashorati: 18 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 18 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Hamkasblar bilan munosabatlarda muloyimroq bo‘lishingiz talab etiladi. Agar avtoritetingiz yanada mustahkamlanishini xohlasangiz, muloyimlikka albatta e’tibor qarating. Shaxsiy hayotda ham prinsiplaringizdan ahillik uchun voz kechmasangiz bo‘lmaydi. Ayniqsa, oilasizlar bu narsaga ahamiyat berishlari kerak. Kechqurun madaniy tadbir va do‘stlar bilan uchrashuvlar xayrli, yoqimli kechadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

18 noyabrda har qanday ishni bajarishda tashabbuskor va tashkilotchilik kerak bo‘ladi. Kun mobaynida shaxsiy hayotingizda kutilmagan hodisalar bisyor bo‘ladi. Lekin ularning qay biri kelgusi hayotingizni ijobiy tarafga o‘zgartirishini xudoning o‘zi biladi. Oilalilar hayotida ko‘pgina chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda o‘z aksini topadi. Moddiy ahvolingizni yaxshilash jarayonida hisob-kitobga mahkam turing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Pul bilan bog‘liq har qanday yumushni bajarishda tezlikka e’tibor bering. Katta pul osmondan o‘zi tushib keladi degan shirin va xom xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Yaratgan faqat harakat qilgan, intilganlarga davlat beradi. Hatto, ertaklarda ham osmondan pul yog‘ilish hodisasi kamdan-kam hollarda kuzatilgan. Mehnat va yana mehnatgina sizni moddiy to‘kinlik sari yetaklaydi. Oilangizda mayda ko‘ngilsizliklar yuzaga kelmasligi uchun bema’ni xayollarga qul bo‘lmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

18 noyabr kuni tavakkalchilikka asoslangan moliyaviy kelishuvlardan qoching. Ular sizni inqirozga yuz tuttiradi. Salomatligingizni mustahkamlash uchun harakatlar sodir eting. Vaqtida dam oling, toza havoda ko‘proq sayr qiling. Ruhan tetiklik sari intiling. Ayrim xastaliklarni xalqona usullar yordamida davolash muvaffaqiyatli kechishi mumkin. Kechqurun ovqatlanish masalasida sergakroq bo‘ling. Taomning yengil hazm bo‘ladigan turini tanovul qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun arslon burjida tavallud topganlar hayot tarziga tartib berishlari zarur. Rejimga amal qiling, immunitetingizni ko‘tarish payida bo‘ling. Basharti salomatlik masalasida qaysidir a’zongiz bezovta qilayotgan bo‘lsa, pulni ayab o‘tirmasdan tibbiy ko‘rikdan o‘ting, zarurat tug‘ilsa, davolaning. Katmonni pulga to‘ldirish maqsadlariga yo‘naltirilgan har qanday tadbir muvaffaqiyatli o‘tadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

18 noyabrda o‘zgalarning muammolarini bartaraf etish bilan ko‘p vaqtingizni yo‘qotishingiz mumkin. Lekin oldindan ehtiyotingizni qilsangiz, bu hodisa sodir bo‘lmasligi ham mumkin. Muhabbatda sizga yaqin o‘tmishdagi tajribangiz katta yordam beradi. Xotirotlarni xayolga olib o‘zingizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ymang. Aksincha ulardan yaxshilik uchun unumli foydalaning. Kechqurun yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugungi kuningiz juda yengil va yoqimli o‘tishi kutilmoqda. Agar har bir ishda, harakatda qalbingizga quloq tuta bilsangiz, barcha ko‘ngilsizliklarni aylanib o‘tishingiz uchun kafolat bor. Yangi tanishuvlar ham sizni mamnun etadi. Ko‘ngli qoralar bugun sizning yaqiningizga kela olishmaydi. Kechqurun yaqin manzilga safar qilasiz. Safar sizga qanday muvaffaqiyat keltirishi mumkinligini oldindan boshqalarga gullab qo‘ymang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

18 noyabr kuni tushga qadar bir dunyo sovg‘alar va kutilmagan sovg‘alar sohibiga aylanishingiz mumkin. Ularning barchasi qo‘lingizga favqulodda kelib tushadi. Xuddi shu narsa sizga yoqimli tuyg‘ularni hadya etadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, muhim hujjatlarga imzo qo‘yishda ehtiyotkorlikka e’tibor bering. Arzimas xato ham sizga katta ko‘ngilsizlik olib kelishi hech gap emas. Kimdir mehnat ta’tiliga chiqish uchun shaylansa, bu niyatlari vojib bo‘ladi. Kun davomida qilingan safar va uchrashuvlar ham yoqimli kechadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Uy yoki boshqa xususiy mulk oldi-sotdisi bilan bog‘liq hujjatlarga sergaklik bilan imzo qo‘ying. Kimlardir lotereya o‘ynab pul yutib olishi, yana kimlardir mukofot pulini qo‘lga kiritishi mumkin. Turli xarakterga ega odamlar bilan uchrashib muloqot qilish sizga optimizm baxsh etadi. Shuning uchun yangi tanishuvlardan aslo bosh torta ko‘rmang. Faqat bugun muhabbatda omadingiz chopmasligi xavfi bor. Ammo bu vaqtincha.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

18 noyabrda barcha mayda-chuyda ishlardan, xatoliklardan voz keching. Ular sizning ishingizni orqaga ketkazadi xolos. Maslahat beruvchilarni ayblamang. Ular sizga faqat yaxshilik tilashadi. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Lekin ovqatlanish rejimini buzmang. Sportning faol turlari bilan shug‘ullanmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Shaxsiy hayotingiz, boshqalar hayoti bilan bog‘liq barcha tadbirlarda, hodisalarda faol ishtirok etishingiz tavsiya qilinadi. Xafagarchiliklar va shubha-gumonlarni hozircha chetga sura turing. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun sizga to‘g‘ri hisob-kitob, aniq va tezkor harakatlar zarur bo‘ladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun sira ikkilanmasdan, katta ishlarga pul tikishingiz mumkin. Albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Salomatligingizni va asablarni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

18 noyabr kuni shaxsiy hayotga e’tibor qaratib, zimmangizdagi barcha majburiyatlarni chin ko‘ngildan ado etishingiz lozim. Ko‘pchilik qondoshlar sizga ishonishmoqda. Ularning ishonchini yo‘qqa chiqarmang. Bo‘lar-bo‘lmas ishlarga vaqt sarflamang. Do‘stlar bilan uchrashuvlar, tabiat qo‘ynida dam olib qaytish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Asosiysi, bu harakatlarni oldindan rejalashtirib olsangiz bas.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 18 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?