Olimlar yurak faoliyati uchun eng foydali mahsulotlarni ma’lum qilishdi. Bu borada 5 nomdan iborat ro‘yxat Britaniya parhezshunoslik uyushmasi mutaxassislari tomonidan tuzildi. Bu haqda Kun.uz nashri yozdi.
1-o‘rinni yirik tortilgan yormalar – jigarrang guruch, yirik tortilgan undan tayyorlangan makaronlar, suli bo‘tqasi, javdar noni va olabuta egallagan. Mutaxassislarning fikricha, bunday oziq-ovqat yurak-tomir kasalliklaridan o‘lish xavfini 9 foizga kamaytiradi.
Keyingi o‘rinni dukkakli mahsulotlar egallagan. Xolesterin miqdorini 5 foizga kamaytirish uchun ulardan kuniga 130 gramm iste’mol qilish kifoya qiladi. Dukkaklilar kletchatkaga boy bo‘lib, ular hazm qilish vaqtida o‘ziga xos “gel”ga aylanadi. Bu “gel” xolesterin bilan ta’sirlashib, uning organizm tomonidan o‘zlashtirilishini kamaytiradi.
Foto: Getty Images
Yurakning yaxshi ishlashi uchun meva va sabzavotlar ham zarur – ular qon bosimini nazorat qilishda yordam beruvchi kaliyga boy.
5-o‘rinni esa baliq egallagan – unda mavjud bo‘lgan yog‘ kislotalari yurakni mustahkamlash uchun foydali. Bundan tashqari, baliq kaliy, B6 va B12 vitaminlariga boy. Mutaxassislarning fikricha, baliqdan haftasiga 120 gramm iste’mol qilish yurak xuruji xavfini 21 foizga kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi