Ish kuni davomida necha soat oʻtirishimiz va qancha vaqt turishimiz kerak? Bu savolga koʻplab olimlar javob berishga harakat qilishmoqda. Chunki oʻtirish holatidagi turmush tarzi hamma joyda kuzatiladigan holat boʻlib, u sogʻliqdagi jiddiy muammolarga sabab boʻladi.
Jismoniy faollikning yetishmasligi yoki umuman mavjud emasligi, shu jumladan bir joyda uzoq vaqt oʻtirish saraton va qandli diabetdan tortib, yurak qon-tomirlari kasalliklari, jigarning alkogol bilan bogʻliq boʻlmagan oʻnlab surunkali kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Ergonomika mutaxassislari ogohlantiradi: bir joyda juda uzoq vaqt turish kerak emas, chunki bu sogʻliqqa salbiy taʼsir qiladi, vena tomirlarining varikoz kengayishi, bel va oyoqdagi ogʻriqlar, uyqu arteriyasi kasalliklari xavfini orttiradi.
Yechim – kun davomida faoliyatlar turini oʻzgartirish. Kun davomida faqat oʻtirish va turish birdek yomon.
Alan Xeydj, Kornell universitetining ergonomika professori
Ofisda ishlash vaqtida har yarim soatda 20 daqiqa oʻtirish, sakkiz daqiqa turish, qolgan vaqtda esa yurish va choʻzilish mashqlarini bajarish lozim, deya tavsiya qiladi professor Xeyj. Agar 10 daqiqadan koʻproq turilsa, odam bukchayishni boshlaydi, bu esa bel va tayanch-harakat apparati bilan bogʻliq muammolarga sabab boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi