Xurmoni ko‘p yeyish sog‘lik uchun xavflimi?

  • 28 oktyabr 2019, 19:08
  • 1 252
  • Hayot tarzi
  • Xurmoni ko‘p yeyish sog‘lik uchun xavflimi?
    Foto: «Hochyvseznat.ru»
    Haddan tashqari ko‘p xurmo iste’mol qilish jiddiy jarrohlik aralashuviga sabab bo‘ladi. 2019 yili fevralda Moskvada bir erkak ana shunday operatsiyani boshidan o‘tkazgan. Pensioner shifokorlarga qornidagi to‘lg‘oqsimon og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, uch kundan beri ich kelmasligidan shikoyat qilgan. Ko‘p xurmo yeb qo‘yishi oqibatida o‘tkir ingichka ichak bekilib qolgan.

    Operatsiyada ma’lum bo‘lishicha, erkakning oshqozonida fitobezoar — yot jism yuzaga kelgan: u hazm bo‘lmaydigan dag‘al to‘qimalar to‘planishi natijasida hosil bo‘lgan. Yaqinda shunga o‘xshash hodisa boshqa bir bemorda qayd etildi — u ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda, deb yozadi «Xabar.uz».

    Xurmo tarkibida oshlovchi va biriktiruvchi tanin moddasi va o‘simlik tolasi bisyor. Oshqozonning nordon muhitida ular polimerizatsiyaga uchraydi va gelli quyqa (fitobezoar) hosil qiladi. U oshqozonda hazm bo‘lmaydi. Ichakka tushgach, ichakni bekitib qo‘yadi.

    Fitobezoar ko‘pincha o‘simlik kletchatkasi, xurmo, olxo‘ri, gilos, uzum, anjir mevasi danagi yoki urug‘i po‘stidan hosil bo‘ladi. Fitobezoarning yuzaga kelish tezligi uning organik tabiatiga bog‘liq bo‘lib, 1-5 kundan 10 yilgacha cho‘zilishi mumkin.

    Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, fitobezoar, ayniqsa, xom xurmadan juda tez hosil bo‘ladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda smolasimon va biriktiruvchi moddalar bo‘lib, ular ovqat qoldiqlarini, eng avvalo, o‘simliklarni yelimlab, zich holatga keltiradi. Pishgan xurmo ham xavfli, qachonki juda ko‘p iste’mol qilganda.

    — Kuniga 150 grammgacha xurmo yeyish mumkin, bundan ortig‘i zarar. Bu mevaning hazmi juda og‘ir. Diyetoterapiya tomonidan qaraladigan bo‘lsa, qand, insulinga rezistentlik, diabetdan qiynalayotgan bemorlar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi lozim. Xurmo tarkibida uglevod ko‘p, shu bois bu mevani kuniga bir marta — 150 grammgacha yeyish kifoya. Shunda ham kechasi emas. Yaxshisi, pishgan xurmoni tanlab, iste’mol qilayotgan miqdorini nazorat qilish kerak. Hatto ikkita xurmoni yegandan keyin ham qorin og‘rib qolishi mumkin. Chunki meva oshqozon uchun nihoyatda tajovuzkor. Tarkibidagi mikroelementlarga kelsak, magniy juda ko‘p, — deydi shifokor diyetolog-gastroenterolog Margarita Kuts.

    Gastroenterologlarning ta’kidlashicha, fitobezoar hosil bo‘lishiga ko‘proq oshqozon motor faolligi yetarli bo‘lmagan bemorlar moyil bo‘lishadi. Davo maqsadida shifokor bezoarni erituvchi maxsus preparatlarni buyuradi, shuningdek, endoskopik fragmentatsiya texnikasini qo‘llaydi. Og‘ir holatlarda jarrohlik aralashuvi talab etiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xurmoni ko‘p yeyish sog‘lik uchun xavflimi?