20:00 / 14.11.2019
3 056

Ko‘p shakar iste’mol qilishning yana bir xavfi ma’lum bo‘ldi

Ko‘p shakar iste’mol qilishning yana bir xavfi ma’lum bo‘ldi
Kanadaning Alberta universiteti olimlarining aniqlashicha, shakarni ko‘p miqdorda iste’mol qilish ichak yalig‘lanishiga olib kelishi mumkin.
Tadqiqotchilar tajribani sichqonlarda o‘tkazgan, mitti hayvonlarni ma’lum vaqt davomida asosan shakar bilan oziqlantirildi, natijada ularning ichak to‘qimalariga zarar yetgan.

Shakar zararli bakteriyalarning faollashishiga sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, zararli bakteriyalar ichak sohasidan bemalol tananing boshqa qismlariga o‘tishi mumkin.

Olimlarning fikriga ko‘ra, shakarni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish alsgeymer va parkinson (nerv sistemasining bo‘zilishi: asosan yoshi katta insonlarda kuzatiladigan qo‘l qaltirish holatlari) kabi boshqa qator kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘p shakar iste’mol qilishning yana bir xavfi ma’lum bo‘ldi