Foto: Dreamstime
Kam uxlash ko‘plab kasalliklar, oshqozondan tortib infarkt va Alsgeymer xastaligigacha olib kelishi mumkin. Ammo me’yoridan ortiq uxlash ham zararli. Xuachjun fan va texnologiya instituti olimlarining aniqlashicha, ko‘p uxlash keksalarda insultga uchrash xavfini oshiradi.
Mutaxassislar guruhi o‘rtacha yoshi 62da bo‘lgan 31 750 nafar xitoylikning sog‘ligi va uyqusi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi. Ularni olti yil davomida kuzatib borishdi. Dastlab barcha qatnashchilar sog‘lom bo‘lgan bo‘lsa, tadqiqot davomida 1557ta insult holati qayd etildi.
Tadqiqot davomida o‘tkazilgan so‘rovda ishtirokchilarning 24 foizi kechasi 9 soatdan ko‘p uxlashini ma’lum qildi.
Tahlilda aniqlanishicha, 9 soatdan ortiq davom etadigan tungi uyqu insultga uchrash xavfini 23 foizga oshirar ekan.
Kunduzi uzoq uxlash ham insult ehtimolini 25 foizga oshiradi.
Shuni ham qayd etish kerakki, tadqiqot faqat keksalar orasida o‘tkazilgan, uyquning davomiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa so‘rov natijalaridan olingan. Bu esa natija yanglish bo‘lishi ham mumkinligini bildiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?