19:27 / 17.01.2020
5 125

Havo bulut bo‘lganda nega bosh og‘riydi?

Havo bulut bo‘lganda nega bosh og‘riydi?
“Mening salomatligimga ob-havo o‘zgarishi yomon ta’sir qiladi. Masalan, yomg‘ir yog‘ishidan oldin boshim lo‘qillab og‘riydi, qon bosimim tushadi... Buning oldini olish mumkinmi?”
Masturaxon, Toshkent viloyati

Ob-havo o‘zgarishi har bir odamga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ob-havo o‘zgarishiga sezgirlik tibbiyotda “meteota’sirchanlik” deb ataladi. Bu holat ko‘pincha toza havoda, tabiat qo‘ynida kam bo‘ladiganlarda, asosan o‘tirib ishlaydigan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan, badantarbiya qilmaydigan kishilarda kuzatiladi.

Hozirgi vaqtda meteota’sirchanlik alomatlari sifatida odamda kayfiyat buzilishi va bosh og‘rig‘idan tashqari, holsizlik, tez charchash, uyquchanlik, asabiylik ham kuzatiladi. Ba’zida shamol yo‘nalishining o‘zgarishi ham bunday kishilarda sababsiz bosh va bo‘g‘im og‘riqlariga sabab bo‘ladi. Albatta inson ob-havo o‘zgarishini nazorat qila olmaydi. Ammo o‘z organizmiga ob-havo o‘zgarishiga moslashishga ko‘maklashishi mumkin.

Buning uchun ayrim oddiy qoidalarga amal qilish kerak:
- Avvalo immunitet, yurak-qon tomir hamda hazm tizimlarini mustahkamlash haqida qayg‘urish kerak.
- Kimdaki issiq havo siklonlari yaqinlashishi bilan ta’sirchanlik ortsa, ularga organizmni kislorod bilan boyitishga yordam beruvchi jismoniy mashqlarni: yugurish, toza havoda yurish, toqqa sayrga chiqish, nafas gimnastikasi, tanani sovuq suv bilan artish kabilarni tavsiya qilish mumkin.
- Chidamlilikni oshirish uchunbasseynda cho‘milish, oyoqqa sovuq va iliq suvli kontrast vanna qilish, ertalabki gimnastika, o‘z-o‘zini ishontirish (meditatsiya)tavsiya etiladi.
- Barcha vitamin va mikroelementlarni o‘z ichiga olgan to‘laqonli ovqatlanish haqida ham unutmaslik lozim. Ovqatda askorbin kislota (vitamin S), karotin (vitamin A), mineral moddalar to‘yinmagan yog‘ kislota miqdori yetarli bo‘lishi zarur.
- Issiq mavsumda ta’sirchanlik kuchaymasligi uchun juda to‘yib ovqatlanmaslik talab etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Havo bulut bo‘lganda nega bosh og‘riydi?