date

Jahon chempionati finalida shou dastur: futbol va shou birlashdi

Jahon chempionati finalida shou dastur: futbol va shou birlashdi

Futbol olamining eng yirik musobaqasi — Jahon chempionati bu yil yana bir yangilik bilan muxlislarni hayratga solishga tayyor. FIFA tomonidan final uchrashuviga ilk bor maxsus shou-dastur kiritildi.

Jahon futbol tashkiloti Global Citizen bilan hamkorlikda katta loyihani amalga oshirmoqda. Unga ko‘ra, uchta davlatda bir vaqtda o‘tadigan final bahsining tanaffus qismida keng ko‘lamli ko‘ngilochar dastur namoyish etiladi.

Asosiy final bellashuvi 19-iyul kuni MetLife Stadiumda bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar ushbu o‘yin davomida jahonga mashhur ijrochilar ishtirokidagi chiqishlarni rejalashtirgan. Bu esa futbol muxlislari uchun odatiy final emas, balki haqiqiy shouga aylanishini anglatadi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur tadbirni qariyb 2 milliardga yaqin tomoshabin kuzatishi mumkin. Bu esa finalni nafaqat sport, balki global ko‘ngilochar hodisaga aylantirishi kutilmoqda.

FIFA prezidenti Gianni Infantino ham bu tashabbusga alohida to‘xtalib, futbol va shou elementlarini uyg‘unlashtirish butun dunyo auditoriyasi uchun mutlaqo yangi tajriba bo‘lishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi format kelajakdagi turnirlarga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Shu bilan birga, Nyu-York shahri markazida joylashgan Times Square ham Jahon chempionati muhitini his qilish mumkin bo‘lgan asosiy nuqtalardan biriga aylanadi. Bu yerda muxlislar uchun maxsus fan-zonalar va turli interaktiv tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Qisqasi, bu yilgi final oddiy o‘yin emas — futbol, shou va global shou-biznesning real miksi bo‘ladi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, bu format kelajakdagi finallar uchun ham yangi standartga aylanishi hech gap emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionati finalida shou dastur: futbol va shou birlashdi