21 martda Oʻzbekistonda havo qanday boʻladi?

21 martda Oʻzbekistonda havo qanday boʻladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 21 mart kuni O'zbekiston bo'ylab ob-havo biroz o'zgaruvchan bo'lib, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin.
  • Havo harorati kechasi 3–10 daraja, kunduzi 15–22 daraja atrofida bo'ladi, shamol esa sharq va g'arb yo'nalishida 5–12 m/s tezlikda esadi.
  • Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg'ona vodiysida kechasi yoki erta ertalab yomg'ir, Jizzax va Samarqandda kunning ikkinchi yarmida yog'ingarchilik kutiladi.

21 mart kuni Oʻzbekiston boʻylab ob-havo biroz oʻzgaruvchan boʻladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol asosan sharq va gʻarb yoʻnalishida 5–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–10 daraja, kunduzi 15–22 daraja atrofida boʻladi.

Hududlar kesimida ma’lumot:

  • Toshkent shahri: kechasi qisqa yomgʻir va tuman, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat: kechasi 7–9, kunduzi 17–19 daraja.

  • Toshkent viloyati: kechasi va erta ertalab yomgʻir ehtimoli, kunduzi ob-havo quruq. Harorat: kechasi 5–10, kunduzi 15–20 daraja.

  • Qoraqalpogʻiston: ob-havo asosan ochiq, shamol 7–12 m/s. Harorat: kechasi 2–7, kunduzi 17–22 daraja.

  • Xorazm viloyati: ob-havo quruq, shamol 7–12 m/s. Harorat: kechasi 2–7, kunduzi 17–22 daraja.

  • Buxoro va Navoiy: asosan quruq, shamol 7–12 m/s. Harorat: kechasi 5–10, kunduzi 17–22 daraja.

  • Jizzax va Samarqand: kunning ikkinchi yarimida ayrim joylarda yomgʻir. Harorat: kechasi 5–10, kunduzi 15–20 daraja.

  • Sirdaryo: asosan quruq va oʻzgaruvchan ob-havo. Harorat: 15–20 daraja.

  • Qashqadaryo va Surxondaryo: ob-havo quruq, kunduzi harorat 17–22 daraja.

  • Andijon, Namangan va Fargʻona vodiysi: kechasi va erta ertalab yomgʻir, kunduzi ob-havo ochiq. Harorat: kechasi 5–10, kunduzi 15–20 daraja.

  • Togʻoldi va togʻli hududlar: ayrim joylarda yomgʻir va qor, sel xavfi bor. Harorat: kechasi 0–5, kunduzi 5–12 daraja.

21 mart kuni ob-havo oʻzgaruvchan va diqqatli boʻlish kerak, ayniqsa togʻli va togʻoldi hududlarda sayyohlar va mahallalar sel va suv toshqinlariga qarshi ehtiyotkorlik koʻrsatishi lozim.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar