date

Eron Isroilga qarata qattiq zarbalar berdi

Eron Isroilga qarata qattiq zarbalar berdi

Isroil, AQSH va Eron o‘rtasidagi ziddiyat keskin tus olayotgan bir paytda, Eron harbiy kuchlari “Haqiqiy va’da-4” operatsiyasining 61-to‘lqini doirasida Isroilning eng yirik shaharlaridan biri – Tel-Avivga misli ko‘rilmagan hujumlar uyushtirdi. Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rasman ma’lum qildi.

Korpus taqdim etgan axborotga ko‘ra, 100 dan ortiq nishonlar bartaraf etilgan. Ayni vaqtgacha Isroil tomoni ushbu hujumlarga rasmiy izoh bergani yo‘q.

Ta’kidlash lozimki, mazkur zarbalar Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniyning o‘ldirilishiga javob sifatida amalga oshirilgan.

Larijoniyning halokati

17 mart kuni Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas Ali Larijoniy tungi havo hujumi oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Keyinchalik bu xabar Tehron tomonidan ham tasdiqlandi.

Larijoniy bilan birga uning o‘g‘li, o‘rinbosari va shaxsiy qo‘riqchilari ham qurbon bo‘lgan. Shuningdek, “Basij” xalq qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor G‘ulomrizo Sulaymoniy ham ushbu zarba natijasida halok bo‘lgani qayd etildi.

AQSH va Isroil tomonidan Eronga qarshi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Eron rahbariyatidagi bir qator yuqori lavozimli shaxslar halok bo‘ldi. Ular qatorida oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy ham borligi aytiladi.

Yangi oliy rahbar sifatida uning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy tayinlangani ma’lum qilingan, ammo u saylanganidan buyon jamoatchilik oldida ko‘rinmagan. Tehron uning jarohat olganini tasdiqlagan.

Ali Larijoniy kim edi?

Ali Larijoniy Iroqda, oyatullohlar xonadonida tavallud topgan. U Tehron universitetida G‘arb falsafasi bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini qo‘lga kiritgan.

Siyosiy faoliyatini 1990 yillarda boshlagan Larijoniy 1992 yilda Madaniyat va islomiy yo‘nalish vazirligiga rahbarlik qilgan. 1994–2004 yillar oralig‘ida Eron teleradioeshittirish tashkilotini boshqargan.

2005 yilda Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi lavozimiga tayinlanib, mamlakatning yadroviy dasturi bo‘yicha bosh muzokarachi sifatida ish olib borgan. 2025 yilda yana shu vazifaga qaytgan.

2008–2020 yillarda esa Eron parlamenti — Majlis spikeri sifatida faoliyat yuritgan. Shu bilan birga, u bir necha bor prezidentlikka nomzod sifatida ham ilgari surilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroilga qarata qattiq zarbalar berdi