London shahri polisiyasi amerikalik qo‘shiqchi Madonna va britaniyalik kinorejissyor va ssenarist Gay Richining o‘g‘li Rokko Jon Richini hibsga oldi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri. Uning yonidan marixuana topilgan.
16 yoshli Rokko bilan bog‘liq bu hodisa 28 sentyabrda yuz bergan edi. Biroq bu haqda endi ma’lumot berilmoqda. Taniqli xonandaning o‘g‘li ayni damda polisiya uchastkasidan ozod qilingan. Rokko Kamden tumani yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha bo‘lim nazoratida bo‘ladi.
Rokko Londondagi uyi yaqinidagi Primrouz Xill tumanida hibsga olingan. Uning narkotik moddalar qabul qilayotganini ko‘rgan qo‘shnilar polisiya chaqirgan.
Chaqiruv bo‘yicha etib kelgan polisiyachilar Rokkoning kiyimidan marixuana qoldiqlarini topishdi. Uning cho‘ntaklaridan esa ma’lum miqdordagi narkotik moddalar topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi