21:52 / 31.05.2017
6 828

Krasnodarda asalari qutilari ortilgan avtomobil ag‘darilib, asalarilar odamlarga hujum qildi

Krasnodarda asalari qutilari ortilgan avtomobil ag‘darilib, asalarilar odamlarga hujum qildi
Krasnodar-Novorossiysk yo‘lida asalari qutilari ortilgan avtomobil ag‘darilib, minglab asalarilar ozodlikka chiqdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Asalarichilar ayni paytda butun qolgan qutilarni yig‘ishtirmoqda. YTH sodir bo‘lgan joyga maxsus kiyimsiz yaqinlashib bo‘lmaydi. Chunki arilar yaqinlashgan odamga hujum qiladi. Ular bir nechta kishini chaqishga ulgurdi. Avtofalokat sodir bo‘lgan joyda avtomobil tirbandligi yuzaga keldi. “Yandeks xarita” orqali bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan haydovchi va yo‘lovchilar ogohlantirildi, ularga oynalarni yopib harakatlanish tavsiya etildi. Bundan tashqari, yo‘llarda polisiyachilar navbatchilik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Krasnodarda asalari qutilari ortilgan avtomobil ag‘darilib, asalarilar odamlarga hujum qildi