10:29 / 04.06.2017
6 474

Toshkentda bir kunda 600 dan ortiq haydovchi svetoforning “qizilini mensimadi”

Toshkentda bir kunda 600 dan ortiq haydovchi svetoforning “qizilini mensimadi”
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 1 iyun kuni poytaxtda qayd etilgan yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq holatlar haqida ma’lumot berdi, deb yozadi “Qalampir” sayti.

Xabar berilishicha, 1 iyun kuni Toshkentda bitta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Unda bir kishi tan jarohati olgan, quronlar yo‘q.

Shuningdek, shu kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3886 ta qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ulardan 1156 tasi qo‘pol turdagi, 12 tasi esa mast holda transport vositasini boshqarish bilan bog‘liq qoidabuzarliklardir.

YHXBning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan esa 1 iyun sanasida jami 1176 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan. Ulardan 638 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan, 538 tasini esa me’yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarligi tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir kunda 600 dan ortiq haydovchi svetoforning “qizilini mensimadi”