12:09 / 20.06.2017
6 620

Sharof Rashidov dushmanga qarshi birlashish uchun o‘z to‘yida nutq so‘zlagan

Sharof Rashidov dushmanga qarshi birlashish uchun o‘z to‘yida nutq so‘zlagan
Taniqli adabiyotshunos olim, professor, ustoz murabbiy va xassos tarjimon Asil Rashidov akasi Sharof Rashidov haqidagi xotiralarini so‘zlab berdi, deb yozadi Hordiq.uz sayti.
“Sharof akam o‘z xalqining, Vatanining fidoyi farzandi edi, so‘nggi nafasiga qadar shu xalq manfaatlari yo‘lida kurashishni har narsadan ustun qo‘yib ishladi, yashadi”, deydi Asil Rashidov.

Oqsoqolning hikoya qilishicha, ular oilada olti o‘g‘il bo‘lishgan: Kamoliddin, Sharofiddin, Sahobiddin, Isomiddin, Asliddin. va Nasriddin. To‘ng‘ich Kamoliddin yoshiligida xastalik tufayli vafot etgan. Sahobiddin esa yurist bo‘lgan, Isomiddin jamoa xo‘jaligi radiouzelida ishlagan, Nasriddin ilm-fan yo‘lidan borgan.

Uka akasi va Xursandoy yangasining nikoh to‘ylarini aniq eslaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat og‘ir ahvolni boshdan kechirayotgan, yigitlar frontda jon olib-jon berayotgan paytda Sharof Rashidov uylanayotganidan xijolat bo‘lganmi, haytovur, milliy odatlarimizga sal mos kelmasa ham, kuyov bola o‘z to‘yida nutq so‘zlagan, barchani shunday og‘ir pallada dushmanga qarshi bir musht bo‘lib birlashishga undagan.

“Sharof akam mehnat uchun tug‘ilgan edi. Barchasiga Yaratganning in’omi – aql-zakovati, iste’dodi va tinimsiz mehnatlari bilan erishgan. Bizni ham faqat mehnat qilishga undagan. Bir she’rida yozganidek, uning g‘ururi, sururi, huzuri ham mehnatda edi”, deya olis xotiralarni yodga olgan uka.
Aytilishicha, pofessor Asil Rashidov tarix haqiqatlari xususida “Akam haqida” kitobida batafsil yozgan. Yaqinda bu asarni to‘ldirib, qayta nashrga tayyorlaganini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sharof Rashidov dushmanga qarshi birlashish uchun o‘z to‘yida nutq so‘zlagan